Davlatçilik tarixida öziga xos örni bölgan Çin ölkasi sönggi yarim asrda şunçalik aql bovar qilmas iqtisodiy möjizalarni yaratdiki, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya kabi gigantlar Xitoyning çangida qolib ketdi. Oldingi safar «Çin möjizasi» turkumida Xitoy iqtisodiyotiga ijoyib ta'sir qilgan yöllar haqida hikoya qilingandi. Bu gal işbilarmon çinliklarning temir yöllari haqida.

Ötgan asrning 70-yillarida dunyo faqat «Yapon möjizasi» haqida gapirardi. Öşa paytda turli sohalarda, ayniqsa elektronika sohasida yaponlarning oldiga tuşadigani yöq edi. Nima yangi narsa çiqsa, yaponlar öylab topgan bölardi. Bu holat ötgan asrning 90-yillarigaça davom etdi.

Yaponlar fan-texnikada inqilob qilgan paytlarda Xitoy Mao Tszedun boşçiligida qoloq bir davlat edi. 1976 yilda Mao Tszedun vafot etadi. Xitoyda hokimiyat tepasiga kelgan yangi rahbarlar mamlakatni tugal sotsializm bilan, dunyoning rivojlangan davlatlaridan uzib qöygan holda rivojlantirib bölmasligini tuşunib yetişadi va turli islohotlar ötkazila boşlanadi.

Avvalo Ğarb dunyosi bilan aloqalarni yaxşilaşga kirişiladi. 1978 yilda Xitoy kompartiyasi mamlakat şarqidagi sohilböyi şaharlarda «Maxsus erkin iqtisodiy zonalar» taşkil etiş haqida qaror qabul qiladi. Ularda dunyoning istalgan mamlakatidan investor va kompaniyalar borib, öz korxonalarini oçişlari mumkinligini e'lon qilinadi. Ha, aslida hammasi mana şu oddiy erkin iqtisodiy zonalardan boşlangandi...

Xitoy hukumati erkin iqtisodiy zonalar samaradorligini, mamlakatga keltirayotgan iqtisodiy foydalarini körib, keyinçalik bunday hududlar sonini köpaytiradi.

Şuningdek, aholi xususiy mulkka ega böliş va kapital yiğiş huquqiga ega böladi. Şu tariqa, Xitoy 1990 yilgaça sotsializmning asosiy ğoyalaridan voz keçadi. Şundan söng çinakam «Xitoy möjizasi» boşlanadi. Bugungi kunga kelib «Xitoy möjizasi»ning dovruği dunyo böylab tarqalib böldi va mamlakat köplab sohalardagi körsatkiçlar böyiça boşqalardan yaqqol ilgarilab ketdi. Ana şunday sohalardan biri – temir yöllar.

Xitoy temir yöllari kompaniyasi tomonidan amalga oşirilgan va hamon davom etayotgan işlar çinakam möjizaning özi. Baland toğlar orasidan köpriklar va tunnellar quriş orqali temir yöl tortişda bugun Xitoy temiryölçilarining oldiga tuşadigani yöq.