Xitoy yarim asr avval aynan qattiq qoplamali yöllar masalasida dunyodagi eng qoloq davlatlardan biri edi. Öşa paytlarda Xitoy hukumati yöl qurilişidan ham zarur qurilişlar borligini bahona qilib, yöllarga yetarli darajada e'tibor bermagan, oqibatda mamlakatdagi yöllarning bor yöği 25 foizi asfalt qoplamali bölib, ularning 60 foizi öta yomon ahvolda edi.

Vaziyat Mao Tszedun vafotidan keyin özgardi. «Buyuk yölboşçi» örniga kelgan yangi rahbarlar sifatli yöllar qurmasdan mamlakatni rivojlantirib bölmasligini anglab yetişadi. Çin ölkasida «Rivojlanişni xohlasak, avvalo sifatli yöllar qurişimiz kerak», degan şior ilgari surilib, yöl quriş standarti işlab çiqiladi. Yöl qurilişi uçun moliyaviy manbalar belgilanadi:

  • davlat va mahalliy budjetdan ajratiladigan mablağlar;
  • yöl ta'miri uçun yiğiladigan mablağlar;
  • avtomobil oldi-sotdisida belgilangan soliqlar;
  • yoqilğilarga solingan aksiz soliqlaridan tuşadigan pul.

1985 yil yöl qurilişi uçun alohida qonun ham qabul qilinadi. Unga köra, yöl qurilişi uçun olingan xorijiy kreditlarni qoplaş maqsadida yuqori tezlikda harakatlaniş imkonini beradigan yöllarning bir qismi pulli bölişi belgilanadi.

Hukumat 1988-2020 yillarda avtomobillarga katta tezlikda harakatlaniş imkonini beradigan yöllar, avtomagistrallar qurilişi rejasini tasdiqlaydi. Bunday yöllarning birinçisi 1988 yilda oçilgan 18,5 kilometrli Şanxay-Dzyatsin trassasi edi. Şu tariqa, avtomobil yöllari qurilişida «Xitoy möjizasi» boşlanadi. Ötgan asrning oxirgi dekadasida Xitoy yöl qurilişi uçun şunçalik köp mablağ sarflaydiki, bu butun boşli Yevropa va AQŞ XX asrning sönggi 50 yilida yöl uçun sarflagan pulidan ham köproq edi.

Bir paytlar Xitoyda yöllarni kam haq tölanadigan millionlab işçilar oddiy belkurak, zambilğaltak va qölda boşqariladigan asfalt bosadigan moslamalar bilan qurgan bölsa, yangi davrda yölsozlar qölbola asboblar örniga mamlakatning özida işlab çiqarilgan zamonaviy texnikalarga ega böladi.

Tez harakatlanişga moslaşgan ilk yöl 1988 yil qurilgan bölsa, XXI asr boşida bunday yöllarning umumiy uzunligi 10 ming kilometrdan oşib ketadi. Bu körsatkiç 2002 yilda 20 ming kilometr, 2008 yilda 60 ming kilometrdan oşdi. Birgina 2008 yilning özida Xitoy yölsozlari 8 ming kilometr uzunlikdagi katta tezlikda harakatlaniş imkonini beradigan magistral yöl qurişadi.

2013 yil söngiga kelib Xitoyda sifatli avtomobil yöllarining umumiy uzunligi 4 million kilometrdan oşadi. Şundan 100,4 ming kilometri tez harakatlansa böladigan yöllar edi. 2011-2015 yillarda transport sohasini rivojlantiriş dasturiga köra, Xitoydagi tez harakatlaniş mumkin bölgan yöllar tutaştiriladi va bunday yöllar mamlakatning barça hududlarini qamrab oladi. Şu tariqa, mamlakatda «tezkor trassa» ötmaydigan birorta provinsiya qolmaydi. Bunday yöllar aholisi 200 mingdan oşadigan barça şaharlarni özaro boğlaydi.