Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 2753taga yetdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi yana 7 kishiga koronavirusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgani to‘g‘risida xabar berdi.
«2020 yil 17 may soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2753 nafarni tashkil qilmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 2 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi bo‘lsa, 3 nafar fuqaro Sankt-Peterburgdan kelgan, 2 nafari esa oldindan karantinda bo‘lgan fuqarolar orasidan aniqlangan», deyiladi vazirlik xabarida.
Bugun jami 15 kishida koronavirus aniqlandi. Shuningdek, 34 nafar bemor tuzaldi va endilikda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 2247 nafarni tashkil etmoqda. Shifoxonalarda 494 bemor davolanmoqda.
Mavzuga oid
18:37 / 21.09.2025
COVID-19 pandemiyasi boshlanishini yoritgan xitoylik jurnalist 4 yilga qamaldi
15:47 / 06.08.2025
AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligi mRNK-vaksinalari uchun mablag‘ni qaytarib oldi
21:02 / 24.07.2025
Olimlar COVID-19 pandemiyasi odamlarning miyasini qaritganini aniqladi
17:18 / 05.07.2025