Jamiyat | 18:22 / 19.05.2020
6583
2 daqiqa o‘qiladi

Suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarda optik tolali aloqa liniyalari tiklanyapti

​​​​​​​Mudofaa vazirligi ishtirokidagi onlayn brifingda Sardobadagi suv toshqinidan zarar ko‘rgan «Bahoriston» va «Navbahor» mahallalari o‘rtasida 38 metrli ko‘prik o‘rnatilishi ma'lum qilindi.

«Buzilgan ko‘priklarni tiklash bo‘yicha vazirlikning muhandislik qo‘shinlari o‘zlarining maxsus texnikalari va mutaxassislari ish olib borishdi. «Bahoriston» va «Navbahor» aholi punktlari o‘rtasida 38 metrli ponton ko‘prigi o‘rnatildi. Natijada, ushbu talafot ko‘rgan aholi punktlariga qurilish materiallarini yetkazish, aholi harakatlanishi, yuk avtomobillari harakatlanishi uchun to‘liq sharoit yaratildi. Og‘ir mexanizatsiyalashtirilgan ko‘priklar ham aholi punktlariga olib boruvchi yo‘llarga o‘rnatildi. Jumladan, Chinobodda 2ta, Do‘stlik aholi punktida 2ta shunday ko‘priklar o‘rnatilgan.

Shuningdek, aloqani tiklash bo‘yicha Mudofaa vazirligining aloqa bosh boshqarmasi mahalliy tegishli idoralari bilan birgalikda Osiyo va Yevropa davlatlarini bog‘lovchi optik tolali aloqa liniyalari tiklanyapti. Oqoltin, Mirzaobod, Sardoba tumanlarida talafot yetgan 38ta mobil uzatuvchi bazaviy stansiyalar qayta tiklandi. 30 kilometrdan ortiq optik tolali kabel tortildi. 14 kilometr yerosti, 16 kilometr havo liniyasi foliyati yo‘lga qo‘yildi», dedi Zulfiqorov.

Uning qo‘shimcha qilishicha, 18 may kuni vazirlik aloqa bosh boshqarmasi mahalliy tegishli idoralari bilan hamkorlikda barcha viloyat hokimlari bilan Sirdaryo viloyatiga safarbar qilingan pudratchilari o‘rtasida videoselektor tizimi to‘liq yo‘lga qo‘yildi. Buning natijasida viloyat hokimlari o‘z pudratchilari faoliyatini onlayn rejimda kuzatib, tegishli ko‘rsatmalar berish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Mavzuga oid