Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2020 yil uchun davlat budjetiga qanday o‘zgartirishlar kiritildi?
Qonun bilan koronavirus pandemiyasi va global inqiroz davrida Davlat budjetining barqarorligini ta'minlash maqsadida budjet xarajatlari optimallashtiriladi.
Oliy Majlis Senatining to‘rtinchi yalpi majlisida ma'qullangan “2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonun prezident tomonidan imzolandi.
Senat Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi raisi Erkin Gadoyevning yozishicha, yangi Qonun koronavirus pandemiyasi va global inqiroz davrida Davlat budjetining barqarorligini ta'minlash va ustuvor yo‘nalishlarini inobatga olgan holda xarajatlarni optimallashtirish maqsadlariga xizmat qiladi.
Respublika budjetidan fermer xo‘jaliklari tomonidan ishlatiladigan elektr energiyasi qiymatini qoplash, advokatlar tomonidan yuridik yordam ko‘rsatilganligi uchun haq to‘lash hamda nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlariga beriladigan subsidiyalar mahalliy budjetlar orqali moliyalashtirishi belgilanayotganligi sababli Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga beriladigan budjetlararo transfertlar ko‘paytirilmoqda.
Qonun bilan koronavirus pandemiyasi va global inqiroz davrida Davlat budjetining barqarorligini ta'minlash maqsadida budjet xarajatlari optimallashtiriladi.
Mavzuga oid
17:19 / 05.02.2026
Hokimlikka nomzodlar korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha shaxsiy rejasini taqdim etadi
19:00 / 23.01.2026
Janubiy Koreya dunyoda birinchi bo‘lib sun’iy intellektni tartibga soluvchi qonunni amalga kiritdi
19:07 / 13.01.2026
O‘zbekistonda sud qanchalik mustaqil va erkin? – faollar bilan suhbat
18:27 / 30.12.2025