Jahon | 20:32 / 20.05.2020
7961
2 daqiqa o‘qiladi

Ukraina Rossiya va Belarusdan boshqa barcha qo‘shnilari bilan chegaralarni ochadi

Hukumat qabul qilgan qaror loyihasida Moldova, Polsha, Vengriya, Slovakiya va Ruminiya bilan chegaralardagi 66ta o‘tkazish punktini ochish ko‘zda tutilgan.

Foto: EPA-EFE/MARKIIAN LYSEIKO

Ukraina hukumati koronavirus tarqalishiga qarshi kurash doirasida Moldova va Yevroittifoq chegarasidagi faoliyati to‘xtatilgan 66ta xalqaro o‘tkazish punktlarini ochish to‘g‘risida qaror qabul qildi.  

"Vazirlar mahkamasi Rossiya va Belarus chegaralaridan tashqari barcha xalqaro o‘tkazish punktlarini ochmoqda", - deb ma'lum qildi oliy rada deputati Aleksey Goncharenko Telegram-kanalida. 

Murakkab epidemiologik vaziyat ikki qo‘shni davlat bilan chegaralarni ochmaslikka sabab sifatida ko‘rsatildi.

Hukumat qabul qilgan qaror loyihasida Moldova, Polsha, Vengriya, Slovakiya va Ruminiya bilan chegaralardagi 66ta o‘tkazish punktini ochish ko‘zda tutilgan. Ukraina may oyi boshlarida Polsha bilan chegaradagi "Shegini" o‘tkazish punktini ochgandi.

Kiyev 7 aprelda koronavirus tarqalishiga qarshi kurash doirasida chegaradagi barcha piyoda o‘tish punktlarini yopgan, ammo 230ta xalqaro transport  o‘tkazish punktidan 19tasining faoliyatini saqlab qolgandi. Keyinroq Moldova, Polsha va Ruminiya bilan chegaralardagi yana 10ta punkt yopilgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid