Hayo – Islom dinining şiorlaridandir

Avvalo, muqaddas Ramazon oyi hammamizga muborak bölsin. Bu kunlarda va'da qilingan ajr-u savoblarni Alloh hammamizga nasib qilsin. Şuning barobarida Ramazonda poklanib, xulqimiz gözallaşsin. Va gözal hayo sohibi böliş nasib qilsin.

Hayo haqida söz ketganda janobi Payğambarimiz sollallohu alayhi va sallamning bir muborak hadislarini eslasak, örinli böladi. U zot aytganlarki: «Har bir dinning xulqi bor. Islomning xulqi hayodir».

Demak, agar Islom dinining xulqi hayo bölsa, unga e'tiqod qiluvçi musulmonlarning asosiy fazilati ham hayo bölişi lozim.

Dinimizda uning madori bölgan hadislar bor. Ulardan birida Payğambarimiz alayhissalom: «Agar hayo qilmasang, bilganingni qilaver», deganlar.

Buni 2 xil ma'noda tuşuniş mumkin. Birinçi ma'no amr, buyruq emas, undagi ohang kinoyadan iborat va odamlarni notöğri narsadan qaytariş uçun yangramoqda. Ikkinçi ma'noda esa xabar ohangi bor, bu ma'no kimning hayosi bölmasa, u heç narsadan tap tortmasligi va bilgan işini qilaverişi mumkinligi aytilmoqda.

Bu hadis, dastlab, Abu Mas'ud roziallohu anhudan rivoyat qilingan. Unda «Odamlar payğambarlikdan olgan ilk narsa hayo edi», deyiladi.

Toşkent viloyati boş imom xatibi
Xayrulla Turmatov

Hayo – iymondandir

Iymonning bir neça şoxi bor. Afzali: «Laa ilaaha illalloh» bölsa, odamlarga ozor beradigan biror narsani yöldan olib taşlaş ham iymonning kiçik bölagidir. Hayo ham iymonning bir bölagi, şuningdek, inson xulqini gözal qiladigan vosita hamdir.

Payğambarimiz sollallohu alayhi va sallam hayo masalasida bizga buyuk maktab edi. Imom Barzanjiy «Mavludin Nabiy» asarida Payğambarimiz sifatini keltirib bir bayt yozgan: «U zot nihoyatda hayoli va tavozeli zot edi. Payğambarimiz (s.a.v)ning hayosi çodirdagi kelinçakning hayosidan ham kuçliroq edi».

Demak, hayo bizga sunnat hisoblanadi.