Mavzu yuzasidan Islom ta'limini Toşkent viloyati boş imom-xatibi Xayrulla domla Turmatov sözlab berdi.

Alloh taolo Islomda Qur'oni Karim orqali bandalarining hayotini nizomga, tartibga solib qöygan. Buning yöl-yöriğini körsatiş uçun muallim qilib Payğambar alayhissalomni yuborgan. Islomda oila ibodat darajasiga kötarilgan.

Ibn Obidin rahmatullohi alayhi yozadilar: «Dunyoda ham, oxiratda ham inson bilan davom etadigan ikkita robita bor. Birinçisi – inson qalbidagi iymoni. Iymon salomat bölsa, bu dunyoda ham jannatda ham birga böladi. Ikkinçisi – özining halol-pok oilasi. Bandaning bu dunyodagi halol-pok oilaviy hayoti jannatlarda ham davom etadi. Qolgan barça narsasi joy-joyida qoladi».

Oilada erkaklar ayollarga rahbardirlar

Dinimizda, har bir jamiyat, taşkilot va korxonaning rahbari bor. U bölmasa, öşa jamiyatning tartibi, faoliyati, intizomi bölmaydi. Şuningdek, oilaning ta'minoti masalasida ham Alloh subhanahu taolo Öz Kalomida körsatma qilib, «Oilada erkaklar ayollarga rahbardirlar», deydi.

Nima uçun deganda, ba'zisini ba'zisidan afzal qilib qöygani uçundir. Bu afzallik nimada? Kuç-quvvatda, iroda, oilaning ta'minotçisi va muhofazaçisi bölgani nuqtayi nazaridandir.

Alloh taolo oyatning davomida bu savolga javob berib, «mol-mulkidan sarflagani uçun ham erkak rahbar bölişini» bildiradi. Er kişi oilasiga taom keltirar ekan, şunga sadaqa savobi yoziladi. Dinimizda qaysi bir amalga savob yozilsa, u ibodat darajasiga kötariladi.

Oila qaçon mustahkam böladi?

Rasuli akram alayhissalomning bir muborak hadislari bor: «Agar kim uylansa, yaxşi niyat bilan oila qursa, uning dinining yarmi mukammal böldi, qolgan yarmida Allohga taqvo qilsin, Allohdan qörqsin», deya marhamat qilganlar.

Şu oilani yuritişda er va ayolning vazifalari, majburiyatlari, burç va huquqlari mavjud. Er va ayol bularni töliq anglab yetişi va bilişi kerak.

Toşkent viloyati boş imom-xatibi
Xayrulla domla Turmatov

Qaçon mömin-musulmon banda Allohning şariatida körsatgan odoblari, qoidalar va hadlariga amal qilsa, şunda oila mustahkam böladi.