Ramazon oyidagi suhbatlarimizning navbatdagisida Toşkent viloyati boş imom xatibi Xayrullo domla Turmatov qöşniçilik haqlari va uning odoblari xususida sözlab beradi.

Islom qöşnilarni 3 toifaga ajratadi

Qöşniçilik bugungi kundagi dolzarb mavzu. Buni juda ahamiyatli ekanini şundan bilamizki, Alloh taolo Qur'oni Karimning Niso surasida şunday marhamat qiladi:

«Allohga ibodat qilinglar, unga heç narsani şerik qilmanglar, ota-onaga yaxşilik qiling va qarindoşlarga, miskinlarga, şuningdek, yetimlarga va yaqin qöşniga, yoningizdagi qöşniga, yon qöşniga yaxşilik qiling».

Bu oyatda 3 xil qöşnini alohida zikr qilib ötadi. Qur'oni karimda qöşniçilik oyatlarining zikr qilinişi bu munosabatning nihoyatda jiddiyligidan dalolat beradi va bu ma'no hadisi şarif bilan mustahkamlanadi.

Payğambar sollallohu alayhi va sallam aytdilarki: «Jabroil har safar kelganida, oyat keltirganlarida menga vasiyat qilardilar: «Qöşningizga ehtiyot böling, qöşniçilik munosabatiga ahamiyat bering», deb qayta-qayta aytardilarki, men yaqin orada insonning qöşnisi, farzandi kabi mol-u dunyosiga merosxör bölib qolsa kerak, deb öylardim. Har safar kelganlarida qöşniçilik haqida aytardilar».

Kunlik taomingizda qöşnining haqi bor

Yana bir hadisda aytiladi: «Kimda kim Allohga iymon keltirsa, oxirat kunidan umidvor bölsa, qöşnisiga yaxşilik qilsin».

Qöşnisiga yomonlik qilganlar-çi? Qöşniga yomonlik qilsa, demak, oxiratdan umidvorlik yöq, iymoni mukammal emas.

Hadislardan birida Payğambar alayhissalom aytadilarki, «Kimda kim qöşnisi oç bölgan holda özi töq bölib tong orttirsa, iymoni mukammal emas».

Har kuni keçqurun qaynatgan qozoningizdagi bir kosa ovqatda qöşnining haqi bor.

Qöşni imorat qurişda qöşnidan izn oladi

Dinimiz qoidalariga köra, qöşni qöşnisining ruxsatisiz uning imoratidan baland imorat qurmasin. Imoratni özining yeriga quradi, lekin qöşnisining imoratidan baland qilmasin. Nega? Uni quyoşdan tösib qöymasin, uning roziligini olsin.