«Aholini xavfdan ogohlantiriş juda oson va u qimmat emas» – xorijlik ekspert «Sardoba» öpirilişi haqida
|15:20 / 22.05.202044 1188 min
Niderlandiyada joylaşgan DELTARES mustaqil tadqiqot markazi ekspertlari «Sardoba» suv omboridagi texnogen ofat yuzasidan birlamçi tahlillarini e'lon qildi.
Foto: Kun.uzFoto: Kun.uz
Tahlillar 9 maygaça bölgan davrda olingan sun'iy yöldoş tasvirlari, radar sensorlari va oçiq ma'lumotlarga asoslangan.
12 sahifadan iborat, rus tilida taqdim etilgan birlamçi hisobot bilan researchgate.net saytida tanişiş mumkin (pdf).
BBC özbek xizmati tadqiqot mualliflari – Sanjay Giri va Gennadiy Donçits bilan intervyu taşkil etdi. Kun.uz intervyuda ekspertlar qayd etgan ayrim fikrlarni keltirib ötadi.
Gennadiy Donçits (çapda) va Sanjay Giri (öngda)
FVV boşqarma boşliği Komiljon Aripov aholini xavfdan ogohlantiriş tizimi bölmagani va bu juda qimmat turişini aytdi. Bunday töğonda özi erta ogohlantiriş tizimi bölişi kerakmi?
Sanjay Giri: Ha, albatta, bölişi kerak. Va u unçalik qimmat emas. Hamma gap havo şaroitlarini başorat qilişda. Gidrometreologik tizimlar bilan birga işlanadi va kuçli yomğir yoğsa, xavf ölçanadi.
Şuning uçun ham biz bir neça bor ogohlantirganmiz: gidrometeorologik monitoring tizimini yaxşilaş kerak, deganmiz. Bu kabi kuçli yomğir va şamolni 2-3 kun oldin başorat qilsa böladi. Şuning asosida 2-3 kun oldin, masalan, ombordan suvni çiqarişni boşlasa böladi.
Bugungi zamonda buni qiliş juda oson va u qimmat emas. Masalan, biz Hindistondagi töğonga şunday tizimni örnatdik. Tizim har soatda suv omborining sathini ölçab turadi.
Mavzuga oid
Texnogen ofatdan oldingi holat. Qozoğistonning Maqtaorol tumanigaça masofa 24 km.
Men Özbekistonda bölib boşqa suv omborlarini körganimda, u yerda köp narsa hali ham qöl bilan qilinişiga guvoh böldim. Bir yil avval biz Özbekistonga buni avtomatlaştiriş kerakligini tavsiya qildik. Çunki şu yöl bilan inson omili ortidan kelib çiqadigan xatolar xavfini kamaytirsa böladi.
Toşkentga yaqin bir töğonda hali ham juda eskiça usul qöllanilar ekan. Ya'ni kimdir öşa yerga borib ölçamlarni oladi. Lekin ekstremal vaziyatda avtomatlaştirilgan tizim kerak. U yerga bormay turib ham, har soatda bölayotgan özgarişlarni ekranda körib turiş mumkin.
Özbekistonda avval ham işlaganmiz va u yerdagi hukumatga yangi texnologiyalarni avvaldan başorat qiliş işlari uçun qöllaşni tavsiya qilib kelganmiz.
Biz ötgan oyda u yerga borib, maxsus treninglar ötkazmoqçi edik. Ammo koronavirus tufayli bora olmadik.
Texnogen ofatdan oldingi va keyingi holat. Ombordagi suvning uçdan ikki qismi yöqotilgan.
Töğon uzoq vaqt davomida tanaffuslar bilan qurilgani - öpiriliş sabablaridan biri bölişi mumkin
Sanjay Giri: Ofatning ehtimoliy sabablari köp. Masalan, öpirilgan joyga yaqin drenaj kanalida xatolarga yöl qöyilgan bölişi mumkin.
Bu suv ombori uzilişlar bilan uzoq vaqt davomida qurilgan. Suratlardan ayon bölgani şuki, uning öpirilgan qismi oxirgi bosqiçlarda qurilgan bölgan. Qurilişdagi tanaffuslar sababli töğon devorlarining deformatsiyasi bir tekisda va özaro hamohang tarzda keçmagan, bu esa oxir-oqibatda öpirilişga olib kelgan bölişi mumkin.
Ba'zi InSAR tasvirlarga köra, töğonning yangi qurilgan qismida deformatsiya avvalroq qurilganlaridan farqli tarzda yuz bergan.
InSAR texnologiyasi tasviri töğon devorlari deformatsiyasi turliça bölganini körsatmoqda. Qizil nuqtalar tuproqli plotinaning vaqt ötişi bilan muayyan darajada çökişini anglatadi.
Suv toşişi notöğri loyihalaştiriş yo quriş oqibati ham bölişi mumkin. Va albatta, tabiiy hamda insoniy omillar qorişmasi sabab bölişi ehtimoli ham bor.
Öpiriliş röy bergan joy yaqinida drenaj kanali bor. Uşbu kanal va boşqa ehtimoliy lokal defektlar töğon devorilarining notekis deformatsiyasiga olib kelgan bölişi mumkin.
Fundament yomon qurilgan bölsa, beton ham qulaydi
Sanjay Giri: Asosiy gap qanday materiallar işlatilganida emas. Masalan bizda, Niderlandiyada deyarli barça töğonlar tuproqdan qurilgan. Lekin bizda ularning tagi torf böladi. Torf nam bölganda kengayib, quriganda kiçraygani uçun fundamentni qurayotganda yana ham ehtiyot böliş va maxsus qonun-qoidalarga böysuniş kerak.
Şuning uçun töğon qurişdan avval birinçi örinda hududning geologik şaroiti örganilişi şart va şuning asosida loyiha işlab çiqarilişi lozim. Bular örganilmasa, agar fundament yomon qurilgan bölsa, beton ham qulaşi mumkin.
Töğon öpirilgaç, taxminan 3 soat ötgandan keyingi holat. Bu vaqt içida suv ombori maydoniga teng hudud suv ostida qolgan.
«Tadqiqotdan maqsadimiz – qisqa vaqt içida masofadan turib birlamçi tahlil ötkaziş mumkinligini körsatiş edi»
Sanjay Giri: Maqsadimiz – masalani faqat professional va texnik nuqtayi nazardan tahlil qiliş edi. Biz unda masofadan turib yiğiladigan sensorli axborotlar va internetda bor ma'lumotlar asosida barça ehtimoliy sabablarni körsatişga urindik. Kimnidir yo nimanidir ayblaş niyatimiz yöq.
Biz bu hisobotimiz bilan yangi texnologiyalar yordamida şunça qisqa vaqt içida, şunça uzoqdan turib ham bunday fojiali hodisani tahlil qiliş mumkinligini körsatmoqçi böldik.
Hisobotimizda aytganmiz, haqiqiy sabablarni beriş uçun bizga köproq ma'lumotlar kerak böladi.
Bizda «Sardoba» qanday loyihalaştirilgani borasida mutlaqo ma'lumot yöq. Aslida bizning asosiy maqsadimiz ham sabablarni aniqlaş emas, balki innovatsion usullar bilan tahlil qilişni, sun'iy yöldoşdan olingan tasvirlar orqali suv qayoqqa ketyapti, nega şu yönalişda ketyapti, şu kabilarni körsatib beriş edi. Bu suv ombori haqida ma'lumot topişga qiynaldik.
Gennadiy Donçits: Bu kabi hisobotlardan yana bir maqsad – ana şunday hollar yuzaga kelgan qanday yöl tutiş kerakligini örganiş. Hatto tijoriy kompaniyalar ham ofat yuz berganda bajonidil real vaqtdagi satellit tasvirlarni ulaşişga tayyorlar. Şunday ekan, ulardan foydalansa böladi.
Oçiq ma'lumotlar yordamida dunyoning har bir burçagidagi töğonga qarab, agar u öpirilsa, qança hududga xavf tuğdirişini aniqlaş mumkin.
InSAR texnologiyasi radar sensorlariga ega va hatto 1 mm deformatsiya bölsa ham, uni ilğay oladi. Bu orqali obekt vaqt oşa qanday qurilganini satellit suratlar yordamida rekonstruksiya qiliş mumkin. Bu qiyin emas, uning bosqiçma-bosqiç qanday qurilganini körsa böladi.
Toşkent-Jizzax yöli suv ostida qolgan.
Ma'lumot uçun, Deltares – suv resurslari va geologiya sohalarida amaliy izlanişlar olib boruvçi mustaqil tadqiqot instituti. Kompaniya Niderlandiyaning Delft va Utrext şaharlarida joylaşgan. Institutda 800dan ortiq mutaxassis faoliyat yuritadi. Kompaniya faoliyati jamiyat va atrof-muhit uçun intellektual yeçimlar izlaş, innovatsiyalar yaratişga qaratilgan.
Eslatib ötamiz, prezident Şavkat Mirziyoyev texnogen ofatni tahlil etiş uçun Fransiya, Turkiya va Rossiya kabi mamlakatlardan dunyoning yetakçi ekspertlari taklif etilişi va ular voqeaga xolisona baho berişini aytgan.