«2017 yilda korxona tomonidan aholini texnogen falokatdan xabardor qiliş böyiça texnik topşiriq işlab çiqilgan. 6 kilometr uzunlikda Navbahor, Çölquvvat, Qörğontepa, Yangi Qişloq, Guliston, Tohariston, Çamanzor hududlariga xabar beruvçi tovuşli vositalar örnatiş belgilangan.
Xabar beriş tizimi 3ta bosqiçdan iborat. Birinçisi – markazlaşgan bölib, respublika darajasida böladi. Ikkinçisi – mahalliy miqyosda xabar beriş. Bunda suv omboriga yaqin öşa hududlar kiradi va oxirgi bosqiç obektning içki qismida röy bergan falokatdan xabar qiliş.
Sardoba texnogen falokati böyiça mahalliy xabar beriş tizimi işlab çiqilişi kerak edi. «Gidrotexnika inşootlarining xavfsizligi töğrisida»gi qonunga köra, falokat haqida xabar beriş obekt rahbariyati zimmasiga yuklatilgan. Aholiga xabar beriş tizimi juda qimmat turadi. Omborda suv ma'lum sathga kötarilganda 1 soat içida avtomatik tarzda xabar berişi kerak», dedi Aripov.
FVV vakilining qöşimça qilişiça, falokatning birinçi kunidayoq aholini xabardor qiliş uçun qisqa raqamli 12-05 call-markazi taşkil qilindi. Hozirgi vaqtgaça 7 449ta qönğiroqlar qabul qilingan. Fuqarolar falokat nima sababdan sodir bölgani, qança odam vafot etgani, qanaqa yordam kerakligi haqida eng köp (5 661ta qönğiroq) söraşgan.
Şuningdek, odamlar oziq-ovqat, kiyim-keçak, çorva va uy hayvonlarini topiş, qarindoşlarini, hujjatlarini izlaş, qutqaruv yordami sörab qönğiroq qilişgan. Murojaatlar hokimiyatlarga yönaltirilib, kerakli yordam berilgan. Hozir ham kuniga 20-30ta qönğiroq bölayotgani aytildi.


















