O‘zbekiston | 16:06 / 22.05.2020
6843
1 daqiqa o‘qiladi

Alisher Usmonov Zangiotada ehtiyojmand oilalarga 2,5 milliard so‘m xayriya qildi

Alisher Usmonov Hayit bayrami arafasida Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi mingdan ortiq ehtiyojmand oilaga 2,51 milliard so‘m miqdorida moddiy yordam ajratdi. Bu pullar har bir oilaga qariyb 2,5 million so‘mdan taqsimlab berildi.

Rossiyalik tadbirkor, asli kelib chiqishiga ko‘ra o‘zbekistonlik bo‘lgan Alisher Usmonov Hayit bayrami arafasida Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi ehtiyojmand oilalarga 2,51 milliard so‘m miqdoridagi moddiy yordam ajratdi. Bu haqda «Xalq so‘zi» nashri ma'lum qildi.

Ma'lum qilinishicha, Zangiota tumanidan 1004 ta ehtiyojmand xonadon yo‘qlangan. Bunda yakka-yolg‘iz, boquvchisini yo‘qotgan, nogironlari bor oilalar tanlab olingan. Ajratilgan mablag‘lardan har bir oilaga qariyb 2,5 million so‘mdan taqsimlab berilgan.

Bundan avvalroq, asli o‘zbekistonlik bo‘lgan milliarder Alisher Usmonov Andijon viloyatining Marhamat tumanidagi 1000ta ehtiyojmand oilaga 2,5 mlrd so‘m, Namangan viloyatida 5000ga yaqin oilaga 12,5 mlrd so‘m ajratgan edi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish