Andijon viloyatining qöşni Qirğiziston Respublikasi bilan çegaradoş qismida joylaşgan Marhamat tumanida jami 48ta mahalladan 1000ta oila ehtiyojmand, deb topilgan.
«Ularga moddiy va ma'naviy kömak beriş mahalliy hokimliklarning kundalik muhim vazifasiga aylangan bir kezda özbekistonlik taniqli biznesmen Alişer Usmonovning 2,5 milliard söm miqdoridagi moddiy yordami mehr-saxovatning haqiqiy ifodasi böldi. Şu asosda har bir oilaga 2,5 million sömdan berildi», deyiladi «Xalq sözi» naşri xabarida.
«Kundalik taşvişlar bilan ovora bölib hatto oilamizning, ayniqsa, farzandlarimizning istiqboli haqida qayğuriş könglimizga ham siğmayotgan bir paytda saxovatli insonlarning körsatgan muruvvati eng katta mukofot böldi. Bu mablağ nafaqat moddiy yordam, balki, ertangi kunimizga, hukumatimizga, mehri ummon zamondoşlarimizga bölgan işonç ifodasidir. Bizga şu qadar e'tibor körsatilgan ekan, biz özimiz ham bu işonçni oqlaymiz», deydi marhamatlik Abdurasul Inomov.

Ajratilgan mablağlar «Özmilliybank» aksiyadorlik jamiyati plastik kartalari har fuqaroga mutasaddilar tomonidan yetkazib berilgan.


Eslatib ötamiz, avvalroq, rossiyalik tadbirkor, USM Holdings asosçisi Alişer Usmonov Sirdaryo viloyatidagi suv toşqini oqibatlarini bartaraf etiş va jabrlanganlarga yordam uçun 10 mln dollar taqdim etgandi. Şuningdek, Usmonov Özbekistonda koronavirusga qarşi kuraşga ham jami 25 mln dollar ajratgandi.












