Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Alisher Usmonov Namangandagi ehtiyojmand oilalarga 12,5 milliard so‘m ajratdi
Rossiyalik milliarder Alisher Usmonov Hayit bayrami arafasida Namangandagi 5 ming oilaga 12,5 mlrd so‘mlik yordam ajratdi.
«Tadbirkor Alisher Usmonov Namangan viloyatidagi qariyb 5 ming oilaga jami 12,5 milliard so‘mlik moliyaviy ko‘mak ko‘rsatdi. Namangan shahridagi 3000, Chust tumanidagi 1000, Namangan tumanidagi 997ta xonadon yo‘qlangan. O‘rganishlar davomida yakka-yolg‘iz, boquvchisini yo‘qotgan, nogironlari bor oilalar tanlab olingan.
Milliarder tomonidan ajratilgan mablag‘ «O‘zmilliybank» plastik kartalariga o‘tkazilib, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, sektor vakillari va bank xodimlari tomonidan mazkur oilalar vakillariga yetkazib berildi», deyiladi viloyat hokimligi matbuot xizmatida.
Bundan avvalroq Alisher Usmonov tomonidan ajratilgan 2,5 milliard so‘m Andijon viloyatining Marhamat tumanidagi 1000ta oilaga 2,5 million so‘mdan taqsimlab berilgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
11:35 / 02.04.2026
Iste’molchilar chiqindini olib ketmagan korxonani antiqa yo‘l bilan jazoladi
21:00 / 28.03.2026
Namanganda eksperiment uchun elektr abonentlari va soliq to‘lovchilar bir-biriga bog‘lab chiqildi
20:03 / 26.03.2026
Namanganda 150 mln dollarlik turistik majmua quriladi
09:00 / 21.03.2026