Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Matematika yo‘nalishidagi talabalar va tadqiqotchilar uchun stipendiya joriy etildi
Stipendiya matematika ta'lim yo‘nalishlarida 2-kursni tugatgan bakalavriat, 1-kursni tugatgan magistratura talabalari va 1-bosqichni tugatgan tayanch doktorantlarga tayinlanadi.
Matematika yo‘nalishida ta'lim olayotgan talabalar va tadqiqotchilar uchun akademik Toshmuhammad Sarimsoqov nomidagi stipendiya joriy etildi.
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi xabariga ko‘ra, stipendiya respublika oliy ta'lim muassasalarida Matematika ta'lim yo‘nalishlarida 2-kursni tugatgan bakalavriat, 1-kursni tugatgan magistratura talabalari va 1-bosqichni tugatgan tayanch doktorantlarga tayinlanadi.
2020-2021 o‘quv yili uchun akademik T.Sarimsoqov nomidagi stipendiya kvotasi:
5 nafar bakalavriat talabasi uchun (10 oy muddatga har oyda 750 ming so‘mdan);
5 nafar magistrant uchun (10 oy muddatga har oyda 1 mln. so‘mdan);
5 nafar tayanch doktorant uchun (2021 yil uchun 10 oy muddatga har oyda 1,5 mln. so‘mdan) belgilandi.
Stipendiya O‘zbekiston prezidentining 2020 yil 7 maydagi “Matematika sohasidagi ta'lim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4708-sonli qarori asosida Matematika instituti huzuridagi Matematika fani va ta'limini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash Jamg‘armasi tomonidan ta'sis etildi.
Mavzuga oid
17:27 / 29.05.2026
Ayrim doktorantlarning stipendiyasi 1,7 barobarga oshiriladi
10:43 / 17.02.2026
Texnikumlarda stipendiya to‘lash amaliyoti joriy etiladi
20:20 / 24.01.2026
Texnikumlarda dual ta’limda o‘qiyotgan o‘quvchilarga stipendiya to‘lash yo‘lga qo‘yiladi
18:57 / 10.10.2025