Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
La Liga 8 iyundan boshlanadi
Iyuldan Ispaniya xorijlik turistlar kirishi uchun ochiladi, deb ma'lum qildi mamlakat bosh vaziri Pedro Sanches.
"Ma'lumki, Ispaniya yiliga 80 milliondan ortiq turistlarni qabul qiladi. Shu bois Ispaniya iyuldan xorij turizmi uchun yana ochiladi", - dedi u.
Sanches yozda Ispaniyaga kelishni istagan turistlarga hozirdan tayyorgarlik ko‘rishni maslahat berdi.
"Turistlar hech qanday xatarga duch kelmasligiga kafolat beramiz. Iyulda Ispaniya sizlarni kutadi", dedi Sanches.
U shuningdek, ispaniyaliklarni mamlakat ichida dam olishga chaqirdi.
Bundan tashqari, Sanches La Liga o‘yinlari 8 iyundan davom etishini ma'lum qildi.
Ispaniyada 282 mingga yaqin kishida koronavirus aniqlangan bo‘lib, 28,6 mingdan ortiq kishi vafot etgan.
Mavzuga oid
19:38 / 22.06.2026
Yamal gol urdi va sajda qildi, Portugaliyada «Dallas seriali boshlandi»
15:15 / 16.06.2026
Afrikacha master-klass: Kabo-Verdedan nimalarni o‘rganish kerak?
09:01 / 25.05.2026
Ispaniyada uy-joy inqirozi: ijarachilar ko‘chalarga chiqdi
00:04 / 20.05.2026