Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 3100dan oshdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi yana 26 kishiga koronavirusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgani to‘g‘risida xabar berdi.
«2020 yil 23 may soat 22:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3115 nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.
Yangi kasallanish holatlarining 25tasi oldindan karantin markaziga joylashtirilganlar bilan bog‘liq. Karantinda bo‘lganlarning 22 nafari chet eldan kelgan, 3 nafari esa kasallikni bemorlar bilan muloqot orqali yuqtirgan.
Shuningdek, Qozog‘istondan kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida virus aniqlangan.
Bugun jami 79ta yangi zararlanish holati aniqlandi va 40 bemor sog‘aydi.
Shu vaqtgacha kasallikdan tuzalganlar soni 2532 nafarni tashkil etmoqda. Hozirda respublikaning 7 hududidagi shifoxonalarda 544 nafar bemor davolanmoqda.
Mavzuga oid
18:37 / 21.09.2025
COVID-19 pandemiyasi boshlanishini yoritgan xitoylik jurnalist 4 yilga qamaldi
15:47 / 06.08.2025
AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligi mRNK-vaksinalari uchun mablag‘ni qaytarib oldi
21:02 / 24.07.2025
Olimlar COVID-19 pandemiyasi odamlarning miyasini qaritganini aniqladi
17:18 / 05.07.2025