Koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqarish uchun 9,5 mlrd yevrodan ortiq pul yig‘ildi
Fon der Lyayyen 15 aprelda donorlarning xalqaro onlayn-konferensiyasini o‘tkazish tashabbusini bildirgan, konferensiya 4 may kuni bo‘lib o‘tgandi. AQSh ushbu tadbirda ishtirok etishdan bosh tortdi.
Koronavirusga qarshi vaksina va dorilar ishlab chiqarish uchun mablag‘ yig‘ish kampaniyasi doirasida 9,5 mlrd yevrodan ortiq pul yig‘ildi. Bu haqda Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayyen ma'lum qildi.
"Ajoyib natija, biz Yevrokomissiya boshchiligidagi "Global javob" marafonining birinchi marrasiga yetib keldik", - deb yozdi u tvitterida.
Fon der Lyayyen 15 aprelda donorlarning xalqaro onlayn-konferensiyasini o‘tkazish tashabbusini bildirgan, konferensiya 4 may kuni bo‘lib o‘tgandi. AQSh ushbu tadbirda ishtirok etishdan bosh tortdi.
Lyayyen koronavirusdan vaksina, dori vositalari va tashxislash tizimlari ishlab chiqilishi bo‘yicha xalqaro sa'y-harakatlarni moliyalashtirishning dastlabki bosqichida 7,5 mlrd yevro talab etilishini aytgandi.
Anjuman ochilishida ishtirok etgan BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish pandemiyani to‘xtatish va dori vositalari ishlab chiqish uchun 5 marta ko‘proq mablag‘ talab etilishini aytgan. Birinchi bosqichda 7,4 mlrd yevro to‘plandi, so‘ngra yakka shaxslar, fond va hukumatlar xayriya qilishda davom etdi.
Ushbu tashabbusdan maqsad koronavirusga qarshi vaksina va dori ishlab chiqish bo‘yicha tadqiqotlarni global miqyosda tashkil etishdir. Vaksina yaratilishi bilan barcha mamlakatlarga taqdim etiladi.
Mavzuga oid
18:38 / 15.12.2021
YeI mamlakatlarida 5 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalarni koronavirusga qarshi emlash boshlandi
20:51 / 05.08.2021
Vaksinalar: qaysi davlat qancha buyurtma bergan?
19:54 / 22.05.2021
Kambag‘al mamlakatlar koronavirus ixtiyoriga topshirib qo‘yildi – BMT bosh kotibi
17:15 / 27.03.2021