Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pandemiya davrida vizasi tugagan xorijiy fuqarolarni joylashtirish vositasiga qabul qilganlik uchun javobgarlik bormi?
Xorijiy fuqarolarga berilgan viza muddatlari 2020 yilning 1 iyuniga qadar avtomatik tarzda uzaytirilgan hamda ularga nisbatan javobgarlik choralari qo‘llanilmasligi belgilangan.
Turizm qo‘mitasi pandemiya davrida viza muddati tugagan xorijiy fuqarolarni joylashtirish vositasiga qabul qilganlik uchun javobgarlik bor yoki yo‘qligi haqidagi masalaga oydinlik kiritdi.
Bildirilishicha, O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha maxsus komissiyaning 2020 yil 6 maydagi yig‘ilishi bayoniga muvofiq, mamlakatning barcha hududlari koronavirus infeksiyasining tarqalish holati tahlili, kasallik aniqlangan bemorlarning davolanish (sog‘ayish) dinamikasi holatidan kelib chiqib, “yashil”, “sariq” va “qizil” toifaga kiruvchi hududlarga ajratilgan.
Mazkur bayonga ko‘ra, “yashil” va “sariq” toifadagi hududlarda nomerlari soni 10 tadan ko‘p bo‘lgan mehmonxonalar (hostellar va mehmon uylari bundan mustasno) faoliyatiga ruxsat berilgan. Bunda mehmonxonalar yuqoridagi bayon bilan tasdiqlangan Pandemiya sharoitida mehmonxona xizmatlarini tashkil qilish bo‘yicha vaqtinchalik yo‘riqnoma talablariga qat'iy rioya qilgan holda mehmonlarga xizmat ko‘rsatishlari shart.
Maxsus komissiyaning 2020 yil 18 apreldagi yig‘ilishi bayoniga muvofiq, xorijiy fuqarolarga berilgan viza muddatlari 2020 yilning 1 iyuniga qadar avtomatik tarzda uzaytirilganligi munosabati bilan Internet tarmog‘i orqali ixtisoslashtirilgan elektron avtomatlashtirilgan dastur (E-mehmon) yordamida tegishli muddatga qadar xorijiy fuqarolarni vaqtincha ro‘yxatga qo‘yish maqsadga muvofiq.
Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 18 apreldagi yig‘ilish bayoniga ko‘ra, xorijiy fuqarolarga berilgan viza muddatlari 2020 yilning 1 iyuniga qadar avtomatik tarzda uzaytirilgan hamda ularga nisbatan javobgarlik choralari qo‘llanilmasligi belgilangan.
Mavzuga oid
13:46 / 12.01.2026
Statistika: O‘zbekistonda turistik agentliklar xizmatlari keskin oshdi
15:42 / 09.01.2026
“Sinxua”: 1–3 yanvarda O‘zbekistonga aviachipta bronlari 2 baravar ko‘paydi
18:09 / 07.01.2026
Qirg‘iziston va Tojikiston fuqarolari ham AQSh vizasi uchun 15 ming dollargacha garov to‘laydi
12:44 / 07.01.2026