Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiyda 3 oylik bolani 3 xonali uyga almashtirayotgan ona va «dallol» bobo qo‘lga olindi
Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida 1987 yilda tug‘ilgan ona Z.O‘. uch oylik farzandini taxminiy bahosi 250 million so‘m bo‘lgan 3 xonali uyga almashtirayotgan paytda Navoiy viloyati IIB TEQKB va Karmana tumani IIB xodimlari tomonidan ushlangan.
Viloyat IIB axborot xizmatining Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, Z.O‘. ushbu jinoiy ishni o‘z otasi — 1951 yilda tug‘ilgan, 9 nafar farzandi bo‘lgan A.O‘. bilan sherikchilik asosida sodir etgani aniqlangan va daliliy ashyolar xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan hozirda Karmana tuman IIB huzuridagi TB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom etmoqda.
Mavzuga oid
13:47 / 09.06.2026
Navoiyda Tico yuk mashinasi yo‘liga chiqib ketdi
08:53 / 05.06.2026
Tibbiyot birlashmasiga ishga kiritishni va’da qilgan tibbiyot xodimlari ushlandi
11:44 / 22.05.2026
“Talafotlar dron orqali o‘rganilyapti” – Navoiyda sel oqibatlari
18:48 / 21.05.2026