Navoiyda zavoddan oltin öğirlab çiqişga uringan NKMK işçisi jinoiy jazoga tortildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanişdi.

Sud hukmiga köra, 36 yoşli H.O. NKMK Markaziy kon boşqarmasiga qaraşli 2-sonli GMZ maydalaş sexida tegirmon maşinisti vazifasida işlagan. U 20 mart kuni tarkibida qimmatbaho metall bölgan bötanani 2 ta gilam bölagiga töyintiriş orqali olib çiqib ketişga uringan. Biroq uning bu harakati foş bölgan.

Gilam bölaklaridan tarkibida 35 mln sömlik 18,44 gramm oltin hamda 120 ming sömlik 4 gramm kumuş bölgan 4 kgdan ortiq ma’danli qum aniqlangan.

H.O. aybiga iqror bölgan.

“20 mart kuni smena asosida işga keldim va belgilangan tegirmonlar oldiga bordim. 29-sonli tegirmonning pastki quyiliş quvurlari qopqoqlarini oçib, u yerga 2 dona gilam bölagini qöydim. Smena yakunida gilam bölaklarini olib, sellofan paketga soldim. Ularni olib ketayotgan vaqtimda qarşimdan zavod tartibot bölimi xodimlari çiqib qoldi. Ularni körişim bilan qölimdagi paketni yon tomonga taşladim. Xodimlar mening harakatlarimdan şubhalanib, paketni oçib körişdi. Söngra içki işlar organlari xodimlariga xabar berişdi”, degan u suddagi körsatmasida.

H.O. oilaviy va moddiy şaroiti oğirligini, oilada yagona boquvçi ekanini aytib, suddan yengillik söragan. 

JIB Tomdi tuman sudining hukmi bilan H.O. Jinoyat kodeksining 25,169-moddasi (öğrilik) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etişda aybli deb topilgan. Unga BHMning 10 baravari (4 mln 120 ming söm) miqdorida jarima jazosi tayinlangan.