Özbekistonda 23 martdan boşlab tibbiy niqobsiz harakatlaniş taqiqlandi. 25 mart kuni soat 6:00dan boşlab jamoat joylarida uşbu tartibni buzganlik uçun bazaviy hisoblaş miqdorining bir barobari (223 ming söm) miqdorida, mazkur holat yana qaytariladigan bölsa — BHMning uç barobari (669 ming söm) miqdorida jarima qöllanilişi belgilandi. Çeklov mana ikki oyki amalda qolmoqda.

Niqoblarga moslaşiş kerak va ehtimol bu uzoq davom etadi. Respirator himoya vositalaridan foydalaniş «yangi odatiylikning» bir qismiga aylanişi allaqaçon taxmin qilinmoqda.

Albatta, hamma ham bundan mamnun emas. Köpçilik terining niqob ostida qiçişişi, tirnaliş hissi va toşmalar paydo bölişidan şikoyat qilmoqda. 

Niqobning teriga ta'siri qanday?
Agar uni bir yoki ikki soat davomida taqilsa – deyarli heç qanday. Ammo uzoqroq himoyalanişga töğri kelsa, nojöya ta'sirlar kuzatilişi mumkin. Britaniyaning Haddersfild universiteti tadqiqotçilari ularning röyxatini tuzişdi. 

Mexanik tirnaş xususiyati
Niqob yuzga mahkam örnaşişi kerak. Bu terini siqişini anglatadi. Agar himoya niqobi bir neça soat kiyilsa, qon aylanişi buziladi. Teri ozuqa yetişmasligidan aziyat çekadi, terisi köça boşlaydi. 

Yana bir tomoni – niqob yuzni şiladi, qadoq qilib qöyadi. Şu sababli, yoğ bezlari işi faollaşadi. Epidermis yoğga töladi, nafas oluvçi teşiklari ortiqça teri yoği bilan tölib qoladi, bu esa aknelar paydo bölişiga olib keladi.

Terlaş
Niqob ostida yuz tez-tez terlaydi. Yuqori namlik mikroblarning köpayişi uçun mukammal şaroitni hosil qiladi. Ular doimiy işqalaniş tufayli terida paydo böladigan eng kiçik yoriqlarga osongina kirib boradi. Şu orqali yalliğlaniş paydo böladi.

Allergik reaksiyalar
Bir martalik dorixona niqoblari gipoallergen materiallardan tayyorlangan. Sintetik matodan tayyorlangan niqobning allergik reaksiya (kontakt dermatit) keltirib çiqarişi tayin.

Teri köçişi, tirnaliş hissi, qiçişiş niqobni efir moyiga namlab olinganda ham yuzaga kelişi mumkin. Yoki niqobni teringizga mos bölmagan vosita orqali yuvganingizda şu kabi muammoga duç kelasiz.

  • Kimdir tom ma'noda niqobni oqartiruvçi moddaga şimdirib, quritib va şu orqali uni Covid-19’dan töliq himoyaladim deb öylab yuziga taqmoqda. Ammo unday emas: endi qiçişiş kuzatiladi va kun davomida oqartiruvçi modda bilan nafas olasiz. 

Niqob ostida toşma paydo bölmasligi uçun nima qiliş kerak?

Yuzingizni yaxşilab yuving
Ayniqsa, niqob kiyişni rejalaştirişdan oldin. Teri qançalik toza bölsa, unda yalliğlanişni keltirib çiqaruvçi mikroblar paydo bölişi xavfi şunça kamayadi.

Kun oxirida niqobni yeçganingizdan söng ter va töplangan kirni yöqotiş uçun yuzingizni yana yuvişingiz kerak. Eng yumşoq gipoallergen sovun, köpik yoki geldan foydalaning. 

Yuvinişdan keyin namlantiruvçi vositadan foydalaning
Yengil namlantiruvçi yoki gel terini ziçroq va qattiqroq qiladi, teri köçişini kamaytirişga yordam beradi.

Niqobni taqişdan avval yuzingizga himoya kremi suring
Terini parvarişlaş böyiça britaniyalik mutaxassislar maslahatlariga köra, kundagi birinçi niqobni kiyişdan yarim soat avval himoya kremini surib oliş kerak. Niqobni yangilaşda qayta krem suriş şart emas. 

Yuzaga kelgan yalliğlanişni SOS-vositalar orqali davolang
Akneni davolaş vositalari har qanday dorixonada mavjud. Bundan taşqari, toşmani spirsiz antiseptik bilan artiş mumkin, masalan xlorgeksidin bilan. Bu terining infeksiyani tezroq yengişiga imkon beradi.

Agar niqob terini işqalagan bölsa, şikastlangan joyga yangilovçi kremni qöllang. U ham dorixonalarda mavjud.

SOS-vositasini işlatişdan oldin yaxşilab yuvining va yuzingizni yumşoq soçiq bilan arting. Yuzaga namlantiruvçi krem suriş mumkin. 

Niqobni muntazam ravişda özgartiring
Ideal holda, u nafas oliş tufayli namlanib qolişi bilan (odatda bu 2-3 soatda kuzatiladi): şunda mikroblar köpayişga ulgurmaydi. 

Kun davomida niqobni almaştiriş uçun özingiz bilan bir neçtasini olib boring.

Agar bir neça martalik niqobni ma'qul körsangiz, töğri mato tanlang
Teriga zarar bermaslik uçun material quyidagiça bölişi kerak: 

  • Havo ötkazuvçi. Şunda yuz kamroq terlaydi. 
  • Yumşoq. Bu mexanik şikastlaniş xavfini kamaytiradi. 

Paxta ipli mato, nozik paxta yoki mikrofibra mos keladi.

Bir neça martalik niqobni har foydalanişdan söng yuving
Qaynoq suvda, gipoallergen vositadan foydalangan holda yuving. Qurigandan söng dazmollaş ixtiyoriy.

Niqobga antiseptiklar, efir moylari va boşqa vositalar bilan qöşimça işlov berişning hojati yöq: bu foydadan köra köproq zarar keltirişi mumkin.