Prezident Şavkat Mirziyoyev 24 yanvar kuni Oliy Majlisga yöllagan murojaatnomasida hukumat 1 aprelga qadar propiska tizimini isloh qilişni nazarda tutuvçi takliflarni işlab çiqişi lozimligini ta'kidlagandi.
Natijada yillar davomida oğriqli muammo bölgan, uzluksiz tanqidlarga uçragan çeklovlar bekor qilindi va fuqarolar Toşkent şahri yoki viloyatidan özlari istagan köçmas mulkni xarid qiliş imkoniga ega böldilar.
Ammo bu imkoniyat yangi noqulayliklarni keltirib çiqardi – yillar davomida toşkentlik tanişlari nomiga uy olib foydalanib yurgan “viloyatliklar” yoppasiga mulklarini öz nomlariga ötkazişga kirişdilar.
Biz bu masala böyiça poytaxtda faoliyat yurituvçi ayrim notariuslar bilan boğlandik va mavzu böyiça bir biriga öxşaş fikrlarni eşitdik:
– Bir iş kunida köçmas mulkni rasmiylaştiriş böyiça yuzlab murojaatlar bölyapti. Afsuski eşik oldida navbatda turganlar ijtimoiy masofaga ham, tartibga ham köngildagidek rioya qilmayaptilar. Birdaniga bunça odamga xizmat körsata olmasligimizni, navbat asosida işlaşimizni bildirsak, deyarli hamma bir xil gapni takrorlamoqda – “Propiska yaqinda yana yopilarkan, oçilgani ma'lum muddat amal qilinadigan aksiya ekan. Iltimos, uyimizni ötkazib olaylik!” deyişadi.
Bu çeklov butunlay bekor qilingani, endi istagan paytda köçmas mulkni öz nomlariga rasmiylaştirişlari va propiskaga kirişlari böyiça tuşuntirişlarimiz köp hollarda foyda bermayapti. Bu haqda OAVda yana bir marta eslatib ötilsa yaxşi bölardi, – deydi Toşkent şahrida faoliyat yurituvçi notariuslardan biri.
Vaziyatga izoh oliş uçun Adliya vaziri matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari böyiça maslahatçisi Sevara Örinboyeva bilan boğlandik va quyidagi javoblarni oldik:
– Birinçidan, Prezident Farmonlari bilan 2020 yil 1 apreldan boşlab Toşkent şahri va Toşkent viloyatida köçmas mulkni olişda Özbekiston Respublikasi fuqarolari uçun uşbu hududlarda doimiy propiskaga ega böliş talab qilinmasligi belgilandi.
Şunga köra, Toşkent şahri va Toşkent viloyatidan köçmas mulk sotib oliş uçun uşbu hududlarda doimiy yaşaş joyi böyiça röyxatga olinganligi şarti butunlay bekor bölgan.
Ikkinçidan, 2020 yil 21 maydan Toşkent şahri va Toşkent viloyatida birlamçi bozordan yangi qurilgan uy-joy sotib olişda şartnoma summasining 5 foizi miqdorida davlat boji tölaş tartibi bekor böldi.

















