
«Sönggi vaqtlarda qiynoq bilan boğliq holatlar köpayişi kuzatilayotgani aholini örinli taşvişga solmoqda. Mamlakatimizda 2017 yilda 7ta, 2018 yilda 10ta, 2019 yilda esa 16ta qiynoqqa soliş jinoyati, ya'ni Jinoyat kodeksining 235-moddasida nazarda tutilgan jinoyat (qiynoqqa soliş va boşqa şafqatsiz, ğayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvçi muomala hamda jazo turlarini qöllaş) qayd qilingan, natijasi böyiça aybdor şaxslarning javobgarlik masalasi hal etilgan.
Qiynoqqa doir murojaatlarni körib çiqiş hamda qiynoq holatlariga doir işlar böyiça tergovga qadar tekşiruvni amalga oşirişning bugungi holati talabga töliq javob bermaydi. Sönggi uç yilda huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlari tomonidan qiynaş, qörqitiş va boşqa tazyiqlar qilinganligi yuzasidan 757ta (2019 yilda 208ta, 2018 yilda 352ta, 2017 yilda 197ta) ariza kelib tuşgan bölsa, ularning 33tasi, ya'ni 4,4 foizi böyiça jinoyat işi qözğatilgan.
Sohalar kesimida tahlil qiladigan bölsak, qiynoq bilan boğliq jinoyatlarni sodir etişda aybdorligi isbotlanib, qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortilgan şaxslarning aksariyati IIV va DXX xodimlaridir. Şuningdek, prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraş departamenti va Majburiy ijro byurosi xodimlari tomonidan ham şunday jinoyatga qöl urilgani aniqlangan», deya Svetlana Ortiqovaning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Boş prokuror örinbosarining sözlariga köra Özbekistonda qiynoqning oldini oliş böyiça milliy tizim xalqaro huquqning umume'tirof etilgan prinsiplari va normalariga töliq muvofiq emas, bu esa mamlakatimizning nufuziga hamda xalqaro reyting va indekslardagi örniga salbiy ta'sir körsatmoqda.
Xususan, Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Taraqqiyot dasturi tomonidan har yili e'lon qilinadigan Inson taraqqiyoti indeksida (Human Development Index) Özbekistonning örni sönggi yigirma yilda ijobiy tomonga özgarmagan. Inson taraqqiyoti indeksining baholovçi körsatkiçlaridan biri – insonning fundamental huquqlari, şu jumladan qiynoqning oldini oliş böyiça xalqaro şartnomalarning ratifikatsiya qilinişi va amal qilinişi holatini aks ettiradi.











