«2019-2021 yillarda Özbekiston jinoyat-ijroiya qonunçiligini takomillaştiriş konsepsiyasida belgilangan vazifalarni samarali amalga oşiriş, şuningdek tezkor-qidiruv, tergov va jazoni ijro etiş faoliyatida qiynoqning oldini oliş tizimini tubdan takomillaştiriş maqsadida «Tezkor-qidiruv, tergov va jazoni ijro etiş faoliyatida qiynoqning oldini oliş tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident qarori loyihasi işlab çiqildi.

Qaror loyihasida Özbekiston Respublikasi Qiynoqning oldini oliş qömitasini taşkil etiş nazarda tutilgan bölib, uşbu qömita huquqni muhofaza qiluvçi alohida organ, ya'ni insonning qiynoqdan himoya qilişga doir konstitutsiyaviy huquqini ta'minlaş böyiça respublika davlat boşqaruvi organi sifatida öz vakolatlarini mustaqil hamda davlat organlari, ularning mansabdor şaxslariga tobe bölmagan tarzda amalga oşirişi, öz faoliyatida prezident va Oliy Majlis palatalariga hisobdor bölişi belgilangan.

Hozirgi vaqtda qaror loyihasi mutasaddi vazirlik va idoralar bilan örnatilgan tartibda kelişuvdan ötkazilmoqda. Yaqin kunlarda loyiha umumxalq muhokamasidan ötkaziş uçun elektron tizimga joylaştiriladi», deya Svetlana Ortiqovaning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Qayd etilişiça, loyihada quyidagilar qömitaning asosiy vazifalari sifatida körsatilgan:
- jismoniy va yuridik şaxslarning qiynoqqa doir murojaatlarini körib çiqiş;
- qiynoq holatlariga doir işlar böyiça tergovga qadar tekşiruvni amalga oşiriş;
- jinoyat işini yuritiş çoğida uşlab turilgan şaxslarning yagona elektron reyestrini yuritiş;
- qiynoqdan jabrlangan şaxslarga yetkazilgan moddiy va ma'naviy zararning örni qoplanişini ta'minlaş, ularga ijtimoiy, huquqiy va psixologik yordam körsatiş;
- qiynoq holatlari sodir etilişiga şaroit yaratgan mansabdor şaxslarning xatti-harakatlariga huquqiy baho beriş va javobgarlik masalasi hal etilişini ta'minlaş nazarda tutilgan.
Şuningdek, loyihada uşlab turilgan va qamoqqa olinganlar sutkaning istalgan vaqtida telefon orqali, şu jumladan videokonferensaloqa rejimidan foydalangan holda murojaat qilişi mumkin bölgan Qiynoqning oldini oliş qömitasining «








