O‘zbekiston | 10:40 / 30.05.2020
9153
3 daqiqa o‘qiladi

Faoliyatini to‘xtatgan tadbirkorlarga qator soliqlarni foizsiz kechiktirish muddati uzaytiriladi

“Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik sub'yektlarini qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonga o‘zgartirish kiritiladi.

Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 apreldagi “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik sub'yektlarini qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi PF 5978 son Farmoniga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi farmoni loyihasi e'lon qilindi.

Hujjat koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish davrida aholini ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish va iqtisodiyot tarmoqlari faoliyat ko‘rsatishining barqarorligini ta'minlash, shuningdek, ayrim xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida qabul qilinishi kutilyapti.

Farmon loyihasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 27 apreldagi “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi va tadbirkorlik sub'yektlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF 5986 son Farmonining 5 bandiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 apreldagi “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik sub'yektlarini qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5978-son Farmonining 6 bandi birinchi xatboshidagi “2020 yil 1 oktyabrga” so‘zlari “2020 yil 31 dekabrga” so‘zlari bilan almashtiriladi.

Ya'ni, o‘z faoliyatini to‘xtatgan va (yoki) tovarlar (xizmatlar) realizatsiyasidan tushumi joriy yilning birinchi choragidagi o‘rtacha oylik miqdoriga nisbatan 50 foizdan ko‘proqqa kamaygan mikrofirma, kichik korxona va yakka tartibdagi tadbirkorlarga soliq organlarini xabardor qilgan holda 2020 yil 31 dekabrga qadar quyidagi soliqlarni foizsiz kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) huquqi taqdim etiladi:

mahalliy davlat hokimiyati organlariga ariza bermasdan turib aylanmadan olinadigan soliq, mol-mulk solig‘i, yer solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha - ularni keyinchalik 12 oy davomida teng ulushlarda to‘lash sharti bilan;

ijtimoiy soliq bo‘yicha - uni keyinchalik 6 oy davomida teng ulushlarda to‘lash sharti bilan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid