Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uch hududda aholi orasida yangi kasallanish holatlari qayd etildi
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 11 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi. Shundan 5ta holat aholi orasida qayd etilgan.
«2020 yil 1 iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3673 nafarni tashkil etmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.
Yangi aniqlangan kasallanish holatlarining 7tasi Toshkent shahrida qayd etilgan, shundan 3ta holat aholi orasida, 4ta holat esa statsionar karantindagi fuqarolar orasida qayd etilgan.
Shuningdek, Toshkent viloyati va Sirdaryo viloyatida aholi orasida 1tadan holat aniqlangan, xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari bo‘lgan 2 kishiga virusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgan.
Bugun hozircha 50ta yangi zararlanish holati qayd etildi, 22 bemor tuzalib, shu vaqtgacha tuzalganlar soni 2859 nafarga yetdi.
Respublikaning 7 hududidagi shifoxonalarda 799 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 8 nafar bemor og‘ir, 1 nafar bemor esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Mavzuga oid
18:37 / 21.09.2025
COVID-19 pandemiyasi boshlanishini yoritgan xitoylik jurnalist 4 yilga qamaldi
15:47 / 06.08.2025
AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligi mRNK-vaksinalari uchun mablag‘ni qaytarib oldi
21:02 / 24.07.2025
Olimlar COVID-19 pandemiyasi odamlarning miyasini qaritganini aniqladi
17:18 / 05.07.2025