Jamiyat | 18:49 / 02.06.2020
21149
2 daqiqa o‘qiladi

«E-IJRO AUKSION»: Toshkent shahridagi yer uchastkalari savdosi qizg‘in kechmoqda

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi «E-IJRO AUKSION» yagona elektron savdo maydonchasi orqali tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun mo‘ljallangan yer uchastkalarining sotilishi shaffoflik va oshkoralikni ta'minlashga, tadbirkorlar uchun teng imkoniyat yaratilishiga xizmat qilmoqda.

2020 yilning 1 iyun kuni Toshkent shahridan savdoga chiqarilgan tadbirkorlik uchun yer uchastkalari uchun o‘tkazilgan savdolar qizg‘in kurashlarga boy tarzda o‘tkazildi.

Lot raqami 0206482 bo‘lgan yer uchastkasi uchun savdolarda 7 nafar ishtirokchi qatnashdi. Onlayn savdolarda boshlang‘ich narxi 369 mln so‘m bo‘lgan Shayxontohur tumanida joylashgan yer uchastkasi uchun 655 mln so‘m narx tasdiqlandi. G‘olib shaxs yer maydoni 0,02 gektar bo‘lgan yer uchastkasiga 1,5 mlrd so‘m miqdorida investitsiya kiritish majburiyatini qabul qilib olgan.

Bundan tashqari, bugun, 2 iyun sanasida o‘tkazilgan elektron auksion savdosida Toshkent shahridan savdoga chiqarilgan boshlang‘ich narxi 291 mln so‘m bo‘lgan 0,02 gektar yer uchastkasi uchun 888,8 mln so‘m narx tasdiqlandi. Qariyb 1 soat davom etgan savdoda 11 nafar ishtirokchi qatnashdi.

G‘olib ishtirokchi jami 1 mlrd so‘m miqdoridagi investitsiya kiritish shartini qabul qilgan.

Hozirgi paytda e-auksion.uz savdo maydonchasi 2 mingdan ortiq yer uchastkalari tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun savdoda turibdi.

e-auksion.uz saytida tadbirkorlik uchun yer uchastkalarini sotib oling va o‘z biznesingizni quring!

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi «Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish markazi» DUK

 

 

Mavzuga oid