Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 23 iyundagi «Yer qa'ri uçastkalaridan foydalaniş huquqi uçun litsenziyalar beriş tartibini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi 403-sonli qaroriga muvofiq strategik turdagi foydali qazilma uçastkalari «E-ijro auksion» elektron onlayn auksion savdolariga çiqarilgan edi.

Joriy yilning 30 noyabr kuni «E-ijro auksion» elektron savdo maydonçasida jami boşlanğiç narxi 6,7 mlrd sömlik 22 ta strategik va noruda foydali qazilmalarni öz içiga olgan yer uçastkalari uçun qizğin onlayn-auksionlar ötkazildi. Oltin, mis, marganets, nodir metallar va boşqa foydali qazilmalarni öz içiga olgan yer qa'ri uçastkalari uçun savdolarda 152 nafar iştirokçi qatnaşib, onlayn savdolar natijasida mulklarni 198,9 mlrd sömga realizatsiya qilişga erişildi.

Jumladan,

1. Navoiy viloyati hududida joylaşgan boşlanğiç narxi 223 mln sömlik Bozgul yer qa'ri uçastkasi (oltin) uçun 56,9 mlrd söm narx tasdiqlandi.

2. Qoraqalpoğiston Respublikasi hududida joylaşgan boşlanğiç narxi 2,9 mlrd sömlik Urusay yer qa'ri uçastkasi (oltin) uçun 19,6 mlrd söm narx tasdiqlandi.

Uşbu yer qa'ri uçastkalari uçun ötkazilgan auksion savdolarining ğoliblari 10 kun içida mablağni töliq tölaşi talab etiladi. Şuningdek, mulkning sotilişidan kelib tuşgan mablağning deyarli 100 foizi (198,8 mlrd söm) Davlat budjetiga ötkazilişi belgilangan.

Davlat aktivlarini boşqariş agentligi huzuridagi «Elektron onlayn auksionlarni taşkil etiş markazi» DUK PR-xizmati