Bugungi kunda «E-IJRO AUKSION» yagona elektron savdo maydonçasi orqali 14 turdagi mulklar savdosi ötkazib kelinmoqda. 2020 yilning 10 oktabr holatiga köra yil boşidan buyon 17.252 ta mulk 1 trln 270 mlrd sömga realizatsiya qilindi. Uşbu auksionlarda 72 mingdan ortiq iştirokçilar qatnaşdi.

Endilikda uşbu mulklar qatoriga taşqi reklama obektlari va strategik qazilmalarni qaziş huquqi ham qöşildi.

Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 20 fevraldagi «Taşqi reklama bozorini tartibga soliş töğrisida»gi 104-sonli qaroriga asosan Samarqand viloyatidan 18 ta taşqi reklama obektlarini (konstruksiyalarini) quriş huquqi uçun obektlar, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 23 iyundagi «Yer qa'ri uçastkalaridan foydalaniş huquqi uçun litsenziyalar beriş tartibini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi 403-sonli qaroriga muvofiq 34 ta strategik turdagi foydali qazilma uçastkalari «E-IJRO AUKSION» elektron onlayn auksion savdolariga çiqarildi.

Istalgan şaxs «E-IJRO AUKSION» platformasi orqali masofadan turib Özbekiston turli hududlaridagi taşqi reklama obektlari va strategik turdagi foydali qazilmalar mavjud konlarni sotib olişi mumkin.

Savdo maydonçasiga joylaştirilgan strategik qazilmalarni qaziş huquqlari oltin, uran, mis, kumuş, volfram, qalay, marganets va boşqa turdagi foydali qazilmalarni qaziş uçun ruxsatnoma taqdim etadi. Taşqi reklama obektlarini yer uçastkalari, davlat mulki bölgan bino va inşootlarda quriş huquqi – reklama joylaş uçun konstruksiyalar örnatişga ruxsat beradi.

e-auksion.uz saytiga joylaştirilgan mulklarni şaffof va oçiqlik tamoyillariga asoslangan onlayn auksionda sotib oling!

Davlat aktivlarini boşqariş agentligi huzuridagi «Elektron onlayn auksionlarni taşkil etiş markazi» DUK PR xizmati