O‘zbekiston | 08:04 / 02.06.2020
2587
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda turizmni rivojlantirishning yangi bosqichi “Xavfsiz sayohat qiling!” tamoyiliga asoslanadi

Bu haqda “Tiklanish sari yo‘l” mavzusida bo‘lib o‘tgan xalqaro onlayn-konferensiyada ma'lum qilindi.

Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimovning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda turizmni rivojlantirishning yangi bosqichi “Xavfsiz sayohat qiling!” tamoyiliga asoslanadi.

Bu yondoshuvning asosiy maqsadi – mamlakatda turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash va qayta tiklash, sanitariya-gigiyena standartlarini yaxshilash va turizmni tashkil etishning yangi talablariga moslashish bo‘ladi.

Bugungi kunda yuzaga kelgan inqirozni yengib o‘tish uchun quyidagi choralar ko‘riladi:

* daromad solig‘i va mulk solig‘i stavkalarini 2020 yil 31 dekabrgacha 50 foizga pasaytirish;

* qo‘shilgan qiymat solig‘ini 10 foizga kamaytirish;

* dezinfeksiyalash vositalari va turizm infratuzilmasi uchun kontaksiz uskunalar ga boj imtiyozlari berish;

* ko‘rilgan zararlar miqdorini cheklamagan holda 2020 va 2021 yil yakunlari bo‘yicha o‘tkazish huquqini berish;

* turistik soliqni hisoblash va to‘lashni 2021 yil 1 yanvargacha to‘xtatib turish;

* joylashtirish vositalari qurilishi uchun ilgari berilgan ssudalar bo‘yicha asosiy qarzni uzaytirish (18 oydan 24 oygacha);

* 12 oy muddatga bir martalik maqsadli foizsiz kreditlar berish:

* 2019 yildagi o‘rtacha oylik ish haqi fondining uch baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda turoperatorlarga;

* har bir yotoq joy uchun besh baravar miqdorida bazali hisoblash qiymati;

* joylashtirish vositalari qurilishi uchun berilgan kredit bo‘yicha foiz stavkalarini (10 foizgacha) subsidiyalash, yangi sanitariya-gigiyena standartlariga muvofiqlashtirish va aylanma mablag‘larni to‘ldirish amalga oshiriladi.

Аброр Зоҳидов
Tayyorlagan Аброр Зоҳидов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid