Özbekiston Respublikasining "Tölovga qobiliyatsizlik töğrisida"gi Qonuni loyihasi muhokama uçun joylaştirildi.

Qayd etilişiça, tölovga qobiliyatsizlik – iqtisodiy sud tomonidan e'tirof etilgan, qarzdorning pul majburiyatlari böyiça kreditorlar talablarini töla hajmda qondirişga va (yoki) majburiy tölovlar böyiça öz majburiyatini töla hajmda bajarişga qodir emasligi.

Tölovga qobiliyatsizlik töğrisidagi iş yuritiş jarayoni boşlangan sanadan e'tiboran vujudga keladigan pul majburiyatlari va (yoki) majburiy tölovlar uşbu Qonunning maqsadlari uçun, agar uşbu Qonunda boşqaça qoida nazarda tutilgan bölmasa joriy tölovlar hisoblanadi.

Kreditorlarning joriy tölovlari böyiça talablari kreditorlar talablari reyestrida aks ettirilmaydi.

Tölovga qobiliyatsizlik töğrisida iş yuritiş paytida kreditorlarning joriy tölovlari böyiça talablarini qondiriş Özbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq amalga oşiriladi va tölovga qobiliyatsizlik töğrisidagi işni körib çiqqan iqtisodiy sud tomonidan körib çiqiladi.
 
Qarzdorning pul majburiyatlari böyiça kreditorlar talablarini qanoatlantirişga va (yoki) majburiy tölovlar böyiça öz majburiyatini bajarişga qodir emasligi:

agar qarzdor yuridik şaxsga nisbatan jami talablar bazaviy hisoblaş miqdorining kamida uç yuz baravarini, qarzdor şaharni taşkil etuvçi korxona hamda unga tenglaştirilgan korxonaga nisbatan bazaviy hisoblaş miqdorining kamida beş ming baravarini, qarzdor fuqaroga nisbatan bazaviy hisoblaş miqdorining kamida ikki yuz baravarini, yakka tartibdagi tadbirkorga nisbatan esa bazaviy hisoblaş miqdorining kamida yuz baravarini taşkil etsa, qarzdorning tölovga qobiliyatsizlik alomatlari hisoblanadi.
 
Tölovga qobiliyatsizlik töğrisidagi iş iqtisodiy sud tomonidan körib çiqiladi.

Tölovga qobiliyatsizlik töğrisidagi iş uşbu Qonun 5-moddasining birinçi qismida nazarda tutilgan alomatlar mavjud bölganda iqtisodiy sud tomonidan qözğatilişi mumkin, bundan uşbu Qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.
 
Pul majburiyatlarini bajarmaganligi munosabati bilan qarzdorni tölovga qobiliyatsizlik töğrisida iş qözğatiş haqidagi ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat etiş huquqiga qarzdor va kreditor ega.