O‘zbekiston | 10:37 / 03.06.2020
4743
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda pandemiya vaqtida internet tezligi ko‘tarildi - AKT vazirligi

O‘zbekistonda internet tezligi 6 foizga, mobil internet tezligi 18 foizga ko‘tarilgani aytiladi.

2020 yil 1 iyun holatiga ko‘ra, Ookla kompaniyasining Speedtest.net servisi koronavirus internet global sur'atiga ta'sir qilganini e'lon qildi, deb yozmoqda AKT vazirligi axborot xizmati.

Buning natijalarga ko‘ra, O‘zbekistonda internet tezligi 6 foizga (Fixed Speed Change), mobil internet tezligi esa 18 foizga (Mobile Speed Change) ko‘tarilgan, deyiladi vazirlik xabarida.

Jahon miqyosida koronavirus pandemiyasi sharoitida internetning o‘rtacha tezligi 1 foizga (Fixed Speed Change), mobil internet tezligi 7 foizga o‘sgan (Mobile Speed Change).

Qayd etilishicha, O‘zbekistonda internet tezligi 6 foizga (Fixed Speed Change), mobil internet tezligi 18 foizga (Mobile Speed Change) ko‘tarilgan.

“Ta'kidlash kerakki, oxirgi yilda internet tezligi bo‘yicha ijobiy o‘zgarishlar amalga oshirildi. Jumladan, 2020 yil aprel holatiga internet tezligi bo‘yicha reytingida O‘zbekiston 94-pog‘onani egallagan. Ya'ni, bir yil davomida 37 pog‘onaga ko‘tarilib 131-o‘rindan 94-pog‘onadan joy oldi. O‘zbekistonda oxirgi yil natijalariga ko‘ra internet tezligi qariyb 2,3 barobarga o‘sgan. 2019 yil mart holatiga ko‘ra 11,62 Mbit/s bo‘lgan bo‘lsa, 2020 yil aprel holatiga ko‘ra 25,88 Mbit/s. gacha ko‘tarildi. 2020 yil 1 iyun holatiga ko‘ra esa O‘zbekistonda internet tezligi 27,12 Mbit/s.ni tashkil etdi.

Bundan tashqari oxirgi oy natijalariga ko‘ra mobil internet tezligi ham o‘smoqda: birgina 2020 yil aprel holatiga mobil Internet tezligi 9,68 Mbit/s. tashkil qilgan bo‘lsa, bir oy ichida mazkur ko‘rsatkich 11,92 Mbit/s.gacha o‘sdi”, - deyiladi vazirlik ma'lumotida.

Mavzuga oid