Hujjatning maqsadi:
- aholidan investitsiya loyihalariga mablağlarni jalb qiliş böyiça ommalaşib borayotgan amaliyotni huquqiy jihatdan tartibga soliş;
- fuqarolar huquq va manfaatlari işonçli himoya qilinişini ta’minlaş;
- investitsiya faoliyatini AKTdan foydalangan holda amalga oşirişning şaffof va işonçli mexanizmlarini joriy etiş.
2025 yil 1 oktyabrdan 2026 yil 1 oktyabrga qadar investitsiya platformalaridan "Tartibga soliş qumdoni" maxsus huquqiy rejimida quyidagi yönalişlarda foydalanişga ruxsat beriladi:
- qimmatli qoğozlarni joylaştiriş va sotib olişda;
- vençur va pay fondlarini moliyalaştirişda;
- kommandit şirkatlarga hissa kiritişda.
Maxsus huquqiy rejim doirasida:
- yuridik şaxs hisoblangan tadbirkorlik sub’yektlari investitsiya jalb etişni talab etadigan loyihalarini hamda uluşga ega böliş orqali tadbirkorlik faoliyatida iştirok etişga oid takliflarini investitsiya platformalarida joylaştirişga haqli;
- investorlar investitsiya platformalarida e’lon qilingan investitsiya loyihalarini tanlaş va ularga mablağ kiritiş orqali investitsiya faoliyatini amalga oshirish hamda şu orqali foyda oliş huquqiga ega;
- investitsiya platformalari orqali amalga oşiriladigan loyihalar investitsiya va boşqaruv kompaniyalari orqali ham boşqarilişi mumkin.
Bunda investitsiya platformasi orqali kiritilgan investitsiyalar raqamli elektron guvohnomalar bilan tasdiqlanadi va investitsiyalarni jalb etuvçi şaxs nomidan investitsiya platformalari orqali taqdim etiladi.
Platforma operatoriga qöyiladigan talablar:
- rezident yuridik şaxs maqomiga ega bölişi;
- vakolatli davlat organi tomonidan yuritiladigan maxsus elektron reyestrga kiritilgan bölişi;
- şartnomalar reyestrini yuritişi.
Şu bilan birga, investitsiyalarni jalb etuvçi şaxslar investitsiya platformasiga investitsiya jalb etuvçi şaxslarda tölovga qobiliyatsizlik alomatlari mavjud emasligi hamda ular tomonidan ötgan moliya yili davomida soliq va buxgalteriya qonunçiligiga rioya etilgani töğrisidagi auditorlik taşkilotining xulosasini ham joylaştirişi kerak.













