Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryodagi GTL zavodi 2021 yildan sintetik yoqilg‘i ishlab chiqarishni boshlaydi
To‘liq loyihalash quvvatiga erishgach, zavodda yiliga 3,6 milliard kubometr tabiiy gaz (metan) qayta ishlanadi va 1,5 million tonna yuqori sifatli sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqariladi.
Joriy yilning 31 may kuni Qashqadaryo viloyatidagi GTL zavodining qurilish maydonida O‘zbekiston energetika vaziri Alisher Sultonov rahbarligida Energetika vazirligi va “O‘zbekneftgaz” AJning kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Energetika vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, yig‘ilish davomida GTL investitsiya loyihasi amalga oshirilishi, qurilish-montaj ishlar bajarilishi, zavodning bir qator uskuna va texnologik qurilmalarning ishga tushirish-sozlash oldi ishlar bajarilishi jarayonlari hamda zavodni ishga tushirish va ekspluatatsiya qiladigan personalni tayyorlashga alohida e'tibor berildi.
Bildirilishicha, Qashqadaryo viloyatidagi Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi negizida sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish zavodi ishga tushirilishi bilan O‘zbekistonga aviakerosin va dizel yoqilg‘isining importi sezilarli darajada qisqaradi. 2021 yilda GTL zavodi to‘liq loyiha quvvatiga bosqichma-bosqich chiqishi bilan birga, unda tabiiy gazdan sintetik dizel yoqilg‘isi, aviakerosin, nafta va suyultirilgan gaz ishlab chiqarilishi boshlanadi.
To‘liq loyihalash quvvatiga erishgach, zavodda yiliga 3,6 milliard kubometr tabiiy gaz (metan) qayta ishlanadi va 1,5 million tonna yuqori sifatli sintetik suyuq yoqilg‘i, jumladan, 307 ming tonnadan ortiq aviakerosin, 724 ming tonna dizel yoqilg‘isi, 437 ming tonna nafta va 53 ming tonna suyultirilgan gaz ishlab chiqariladi.
Qurilish maydoniga 958 ta asosiy texnologik uskunalar jamlanmasi yetkazib berilgan bo‘lib, shundan umumiy og‘irligi 35 ming tonnadan ortiq bo‘lgan 700 ga yaqin jamlanma zavodning texnologik qismida o‘rnatilgan.
Zavodni ishlatish maqsadida butun respublikadan mutaxassislar tanlab olindi. Ular Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi va Buxoro neftni qayta ishlash zavodida ishlab chiqarish o‘qish kurslarini, shuningdek, Ustyurt gaz-kimyo majmuasi va Qatardagi shunga o‘xshash Oryx GTL zavodida ishlab chiqarish amaliyotini o‘tashdi.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
08:29 / 26.05.2026
Qashqadaryoda IIB xodimi pora bilan ushlandi
19:41 / 20.05.2026
Qashqadaryoda 25 yoshli yigit sel oqizib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
11:45 / 18.05.2026