Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boliviya mablag‘ tejash maqsadida Nikaragua va Erondagi elchixonalarini yopadi
Boliviya mablag‘larni tejash maqsadida Nikaragua va Erondagi elchixonalarini yopishga qaror qildi. Tejalgan mablag‘lar koronavirusga qarshi kurashga yo‘naltiriladi. Bu haqda mamlakatning vaqtinchalik prezidenti Janin Anes ma'lum qildi.
“Hozirgi vaqtda tejamkorlik mamlakat uchun juda muhimdir. Elchixonalarning yopilishi qarori faqatgina iqtisodiy zarurat bilan bog‘langan. Shu maqsadda biz sport, madaniyat va aloqa vazirliklarini ham qisqartiramiz. Ularning majburiyatlari boshqa vazirliklarga o‘tadi. Endi mamlakatda 20 ta emas, 17 ta vazirlik bo‘ladi”, deb aytgan Anes.
Qayta tashkillashtirishdan tejaladigan barcha mablag‘lar sog‘liqni saqlash sohasiga yo‘naltiriladi.
Boliviyada koronavirusga chalinishning ilk holatlari 10 mart kuni qayd qilingan. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, mamlakatda 10 mingdan ko‘proq odam koronavirusga chalingan. Boliviyada karantin cheklovlari amal qilmoqda.
Mavzuga oid
10:33 / 28.02.2026
Boliviyada samolyot qulashi oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi
12:21 / 20.10.2025
Boliviyadagi prezidentlik saylovida Rodrigo Pas g‘alaba qozondi
18:39 / 02.05.2025
Boliviyada bortida besh kishi bo‘lgan samolyot g‘oyib bo‘ldi
18:51 / 17.12.2024