Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Gaz-53”ga “Kobalt” raqami taqilgani, “Neksiya-2”da “VAZ-2101” raqami olib yurilganligi fosh etildi
Davlat bojxona qo‘mitasining Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi hamda Namangan viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan Yangiqo‘rg‘on tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida fuqaro M.A. boshqaruvidagi “GAZ-53” rusumli yuk avtomashinasi Qo‘riq MFY hududida to‘xtatilib, belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi. Natijada, ushbu yuk mashinasi qo‘shni mamlakatdan noqonuniy ravishda O‘zbekistonga olib kirilganligi hamda unga taqib olingan davlat raqami aslida “Kobalt” avtomashinasiga tegishli ekanligi ma'lum bo‘ldi.
Yana bir holatda davlat raqami mavjud bo‘lmagan “Neksiya-2” rusumli avtomashina Yangiqo‘rg‘on tumani Zarkent qishlog‘i Furqat MFY hududida to‘xtatilib, o‘rnatilgan tartibda nazoratdan o‘tkazildi. Natijada, avtomashina muqaddam qo‘shni mamlakatdan noqonuniy yo‘llar orqali olib o‘tilganligi hamda avtomashina yukxonasida Uychi tumanida yashovchi A.Z.ga qarashli “VAZ-2101” rusumli avtomashinaga tegishli davlat raqami borligi aniqlandi.
Hozirda ushbu holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
21:34 / 13.06.2026
Andijonda oltinlarni turli nayranglar orqali olib kirishga uringan shaxslar to‘xtatib qolindi
09:50 / 12.06.2026
Ichki kiyimga yashirilgan giyohvandlik moddasi saqlovchi kapsulalar aniqlandi
21:11 / 30.05.2026
Farg‘onada 1 mlrd 247 mln so‘mlik dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
08:34 / 22.05.2026