Jamiyat | 10:47 / 05.06.2020
4641
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatida 1800dan ortiq karantin qoidalarini buzish holatlariga chora ko‘rilib, 250ga yaqin avtotransport jarima maydoniga qo‘yildi

Toshkent viloyati IIBB va hamkorlikdagi tashkilotlar mas'ul xodimlaridan tuzilgan «Harakatdagi qo‘shma guruh» tomonidan karantin qoidalarini buzish holatlari yuzasidan viloyatning mintaqaviy markazlari (tuman-shaharlar) kesimida kengaytirilgan reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Foto: IIBB axborot xizmati

Viloyat IIBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, hozirda karantin tadbirlarida 1 500 ortiq xodimlar tun-u kun xizmat qilmoqda.

IIBB HPB va uning quyi tizim xodimlari tomonidan 4 iyun kuni o‘tkazilgan tadbirlar davomida, fuqarolar tomonidan karantin qoidalarini buzish bilan bog‘liq 1 743 ta holat qayd etilgan. Aniqlangan holatlarning 29 foizi Chirchiq shahri hamla Qibray, Yuqorichirchiq va Yangiyo‘l tumanlariga to‘g‘ri keladi.

Viloyat bo‘yicha karantin qoidalarini buzish esa tadbirlar boshidan jami 43 513 tani tashkil etadi. Qoidabuzarliklarning 22 foizi Angren va Chirchiq shaharlariga hamda Zangiota tumanlariga to‘g‘ri keladi.

Bir kunda 1 507 nafardan ortiq, tadbirlar boshidan esa 102 mingdan ortiq fuqarolar karantin qoidalarini buzmaslik yuzasidan rasmiy ogohlantirilgan.

Shuningdek, YHXB inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirlar davomida 63 nafar haydovchi tomonidan karantin qoidalarini buzish, transport vositasini hujjatsiz boshqarish bo‘yicha 174 ta, shuningdek, transport vositasini mast holda boshqarish bilan bog‘liq 3 ta holat aniqlangan. Shu va boshqa turdagi qoidabuzarliklar bilan bir kunning o‘zida 247 ta avtotransport vositalari jarima maydoniga joylashtirilgan.

Barcha aniqlangan qoidabuzarliklar yuzasidan qonunda belgilangan tartibda chora ko‘rilgan, deyiladi ma'lumotda.

Mavzuga oid