Jamiyat | 09:22 / 09.06.2020
8181
2 daqiqa o‘qiladi

Angrenda 21 yoshli yigit o‘z tengdoshini pichoqladi

Holat yuzasidan Angren shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

2020 yilning 03 iyun kuni soat 23:30da, 21 yoshli M.S. Toshkent viloyati Angren shahar Ohangaron ko‘chasida joylashgan “Al-Aziz” kafesi oldida joylashgan avtobus bekati atrofida tanishi, 21 yoshli A.O. bilan janjallashgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, yuzaga kelgan kelishmovchilik oqibatida M.S. o‘zi bilan birga olib kelgan oshxona pichog‘i bilan O.A.ning o‘ng biqin sohasiga bir marotaba zarb bilan urib, tan jarohati yetkazgan.

Natijada, O.A. olgan tan jarohatlari bilan Angren shahar markaziy shifoxonasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Angren shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan M.S.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. M.S. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan. 

Hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid