Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Ayrim yo‘nalishlarda karantin qoidalarining qo‘pol ravishda buzilishi holatlari kuzatilmoqda» - «Toshshahartransxizmat»
Respublika maxsus komissiyasining qaroriga binoan joriy yilning 8 iyunidan boshlab jamoat transporti – avtobuslar harakatiga ruxsat berildi.
«Toshshahartransxizmat» xabariga ko‘ra, avtobuslar harakatining dastlabki kunlarida ayrim yo‘nalishlarda karantin qoidalarini qo‘pol ravishda buzilishi holatlari kuzatilmoqda.
«Koronavirus pandemiyasi davrida karantin talablarining yumshatilishi belgilangan me'yorlar bekor qilindi degani emas. Afsuski, avtobuslar harakatining dastlabki kunlarida ayrim yo‘nalishlarda karantin qoidalarining qo‘pol ravishda buzilishi holatlari kuzatilmoqda.
Aziz hamshaharlar va poytaxtimiz mehmonlari, biror sabab bilan ko‘chaga chiqqaningizda sanitariya va gigiyena qoidalariga jiddiy amal qiling. Avtobusda albatta tibbiy niqobda bo‘ling. Salonda ijtimoiy masofani saqlang», - deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, belgilangan me'yorlarga amal qilib, o‘zingiz va atrofdagilarni ko‘rinmas balodan asragan bo‘lasiz.
Mavzuga oid
10:05 / 22.06.2026
Yozgi issiqda avtobuslarda konditsionerlar ishi tekshirilmoqda
08:51 / 22.06.2026
Toshkentda avtobuslar uchun ajratilgan yo‘laklarga deliniatorlar o‘rnatilmoqda
10:15 / 16.06.2026
Toshkentda 9-sinf bitiruvchisi haydagan BYD avtobus bilan to‘qnashdi
21:03 / 06.06.2026