Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniyaning sobiq qiroli korrupsiyada ayblanmoqda
Ispaniya oliy sudi sobiq qirol Xuan Karlos I gumonlanuvchi bo‘lgan korrupsiya ishini tergov qilmoqda. Sobiq qirol Saudiya Arabistonining Madina va Makka shaharlarini bog‘lovchi yuqori tezlikdagi temir yo‘l qurilishidagi korrupsiyada ayblanmoqda.
Reuters axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, ispan prokurorlari javob berishi kerak bo‘lgan asosiy savol “sobiq qirol 2014 yilgacha daxlsizlikka ega bo‘lgani ortida jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkinligi yoki mumkinmasligidan” iborat.
“Bu tergov sobiq qirol daxlsizlik immuniteti bilan himoyalanmagan 2014 yil iyundan keyingi uning harakatlari jinoiy ahamiyatini o‘rnatish yoki ularni inobatga olmaslikka mujassamlanadi”, deyilgan xabarda.
Taxmin qilinishicha, qirol Saudiya Arabistonidan temir yo‘l qurilishi loyihasi doirasida pora ko‘rinishida 100 mln dollar olgan bo‘lishi mumkin.
Ushbu mablag‘lar sobiq qirolga u hali immunitetga ega bo‘lgan vaqt - 2008 yilda berilgan bo‘lsa-da, oliy sud prokurorlari ushbu pullardan bir qismi qirol 2014 yil taxtdan voz kechgandan keyin yuvilgan bo‘lishi mumkinligini tekshirishmoqda.
Xuan Karlos taxtdan voz kechish vaqtida tuzilgan bitimga ko‘ra, u Ispaniya oliy sudi qarori bilangina jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.
Mavzuga oid
18:49 / 08.07.2026
Tramp NATOda: Ispaniya bilan savdoni uzish va Grenlandiyani egallash da’vosi
19:38 / 22.06.2026
Yamal gol urdi va sajda qildi, Portugaliyada «Dallas seriali boshlandi»
15:15 / 16.06.2026
Afrikacha master-klass: Kabo-Verdedan nimalarni o‘rganish kerak?
09:01 / 25.05.2026