Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda koronavirusga chalingan 66 nafar bemor tuzaldi
Mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami sog‘ayganlar 3423 nafarga yetdi.
Poytaxtdagi Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida bir yo‘la 66 nafar bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabariga ko‘ra, tuzalganlarning 40 nafari erkak, 26 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 80 yoshli otaxon bo‘lsa, yoshi kichigi 2019 yil tug‘ilgan.
Hududlar kesimida olinsa, Toshkent shahridan 19 nafar, Andijon viloyatidan 9 nafar, Namangan viloyatidan 7 nafar, Toshkent viloyatidan 6 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand va Xorazm viloyatlaridan 5 nafardan, Farg‘ona viloyatidan 4 nafar, Buxoro viloyatidan 2 nafar, Sirdaryo, Qashqadaryo, Jizzax va Surxondaryo viloyatlaridan 1 nafardan.
Shunday qilib Toshkent shahrida sog‘ayganlar 1469 nafar bo‘lsa, endilikda ular 1535 nafarga yetib, davolanayotganlar 846 nafarni tashkil etmoqda.
Ayni paytga qadar mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami sog‘ayganlar 3423 nafarga yetdi.
Mavzuga oid
09:02 / 30.12.2025
Toshkent shahar hokimining transport va yo‘l infratuzilmasi bo‘yicha o‘rinbosari tayinlandi
12:40 / 26.12.2025
“Toshkent–Samarqand” yo‘nalishida yuqori tezlikdagi poyezdlar uchun yangi liniya quriladi
23:34 / 25.12.2025
Toshkent shahri uchun dizayn-kod ishlab chiqildi
16:25 / 25.12.2025