Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda koronavirus o‘tgan yoz paydo bo‘lgan bo‘lishi mumkinligi ma'lum qilindi
Koronavirus Xitoyda 2019 yil avgustidayoq tarqala boshlagan bo‘lishi mumkin. Mutaxassislar Uhandagi yirik shifoxonalar oldidagi avtoturargohlarning sun'iy yo‘ldoshdan olingan suratlari va internetdagi izlashlar tendensiyasi tahlilidan keyin bunday fikrga kelishgan.
Bu borada Garvard tibbiyot maktabi, Boston aholi salomatligi universiteti va Boston bolalar shifoxonasi mutaxassislari tadqiqot o‘tkazishgan.
Mutaxassislar 2018 yil 9 yanvardan 2020 yil 30 aprelgacha oraliqdagi ma'lumotlarni o‘rganishgan.
Tadqiqot davomida olimlar 2019 yil avgustidan boshlab shifoxonalar oldidagi avtoturargohlarda transport keskin ko‘payganini aniqlashgan. Eng ko‘p sonda avtomobillar esa 2019 yil dekabrda qayd qilingan.
Bundan tashqari, Xitoyning Baidu qidiruv tizimida “yo‘tal” va “diareya” so‘zlari bilan ma'lumotlarni izlash 2019 yil oxirida koronavirusga chalinish holatlari qayd etilishidan 3 hafta oldin keskin ko‘paygan.
“Bu ma'lumotlar aslida ishonchlidir, chunki oshqozon-ichak kasalligi – diareyani izlovchilar soni ortganini ko‘rdik va hozirda oshqozon-ichak alomatlari koronavirusga xos muhim belgi hisoblanishini bilamiz”, deb aytgan Boston bolalar shifoxonasi bosh innovatsion direktori Jon Braunshteyn.
Uning ta'kidlashicha, olingan ma'lumotlar virus Janubiy Xitoyda tabiiy yo‘l bilan paydo bo‘lgani va Uhanda ilk holatlar qayd etila boshlangandan oldin aylanib yurgani haqidagi taxminni tasdiqlaydi.
Koronavirus 2019 yil dekabr oxiridan Uhan shahrida tarqala boshlagan. Birinchi kasallanganlar shahardagi dengiz mahsulotlari bozori Xuananda ishlagan yoki u yerga tashrif buyurgan kishilar bo‘lgan. Bozorda dengiz mahsulotlaridan tashqari, yovvoyi hayvonlar – ilonlar, turli qushlar, ko‘rshapalaklardan tortib itlar, mushuklar va hattoki pingvinlargacha tirik yoki nimtalangan holda sotilgan. Biroq hanuzgacha ushbu bozor virus tarqalishi o‘chog‘i bo‘lgani aniq emas.
Mavzuga oid
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
20:41 / 17.06.2026
Xitoyning yirik neft-gaz kompaniyasi top-menejeri pora uchun o‘limga hukm qilindi
17:47 / 17.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Xitoyning yetakchi kompaniyalari va moliya institutlari delegatsiyasi bilan uchrashdi
09:56 / 16.06.2026