Dunyo bo‘ylab kunlik virus yuqtirish holati bir kunda 22 mingga kamaydi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma'lumotiga ko‘ra, ortda qolgan bir kun davomida dunyo bo‘ylab 109 mingga yaqin odamda koronavirus aniqlangan. Umumiy kasallanganlar soni esa 7,04 millionga yaqinlashgan.
Kunlik o‘limlar soni 3,5 mingdan ortiq bo‘ldi va umumiy hisobda 404 mingdan oshib ketdi. JSST ko‘rsatgan raqamlar mamlakatlar taqdim etgan ma'lumotlar asosida tayyorlangan. Taqqoslash uchun tashkilotning bir kun oldingi hisobotida kunlik koronavirus aniqlanganlar soni 131 mingdan ortiq bo‘lgan. Ya'ni, oxirgi bir kundagidan 22 mingga ko‘proq. Kunlik o‘limlar soni esa deyarli o‘zgarishsiz qoldi.
Eng ko‘p holat Amerika qit'asida kuzatildi. Bir kun davomida qit'ada koronavirus yuqtirganlar soni 54 mingga ko‘paydi. Dunyo bo‘ylab sodir bo‘lgan 3,5 mingta o‘limning 2,1 mingtasi aynan Amerika qit'asi davlatlariga to‘g‘ri keladi. Yevropada esa 24 soat davomida 16 mingta yangi holat aniqlanib, o‘limlar soni 551taga oshdi.
Kasallanganlar soni bo‘yicha hamon AQSh katta farq bilan birinchi o‘rinda bormoqda. JSST ma'lumotiga ko‘ra, AQShda 1,93 milliondan ortiq odam virus yuqtirgan. Keyingi o‘rinlarda Braziliya (691 ming), Rossiya (485 ming), Britaniya (287 ming), Hindiston (266 ming), Ispaniya (241 ming), Italiya (235 ming), Peru (196 ming), Germaniya (184 ming) va Eron (173 ming) bormoqda.
Mavzuga oid
10:14 / 13.05.2022
Shimoliy Koreya COVID-19’dan ilk o‘lim holatlari haqida xabar berdi
22:17 / 11.05.2022
Shanhaydagi koronavirus: qat’iy lokdaun, dezinfeksiya, shifoxonaga esa faqat hokimiyat ruxsati bilan
18:01 / 07.05.2022
Pekinda koronavirus tarqalishi sababli metro stansiyalari yopilmoqda
18:02 / 03.05.2022