Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriya bosh vaziri iste'foga chiqarildi
Suriya prezidenti Bashar Asad bosh vazir Imad Hamisni iste'foga chiqardi. Hamis ushbu lavozimni 2016 yil iyundan beri egallab kelayotgandi.
Bosh vazirning iste'foga chiqarilishi kutilmagan holat bo‘lgan, uning sabablari ma'lum qilinmagan. Bu haqda Asadning Twitter’dagi sahifasida ma'lum qilingan.
Hamisning o‘rnini jamoat ishlari va uy-joy qurilishi vaziri Husayn Arnus o‘z vazifalariga qo‘shimcha ravishda vaqtinchalik egallab turadi.
Shu bilan birga Suriya hukumati tarqatilmaydi, u joriy tarkibda keyingi parlament saylovlarigacha ishlaydi. Ushbu saylovlar koronavirus pandemiyasi sababli bir necha marta ko‘chirilgandi. Oxir natijada uni 19 iyulda o‘tkazishga qaror qilingan.
2016 yil aprelda Suriyada o‘tgan parlament saylovlari natijasida Bashar Asadning “Baas” partiyasi ittifoqchilar bilan birga Xalq kengashidagi 250 o‘rindan 200 tasini egallagan. Shu yili sobiq energetika vaziri Imad Hamis bosh vazir etib tayinlangandi.
Mavzuga oid
20:27 / 28.02.2026
Yaqin Sharqdagi mojaroning ilk kuni: Eron, Suriya, Iroq va BAAda qurbonlar qayd etildi
13:09 / 28.02.2026
Bundestag Germaniyada boshpana berish qoidalarini qat’iylashtirdi
18:35 / 08.02.2026
Bashar Asad hokimiyat tepasidagi so‘nggi kunlarini o‘yin o‘ynab o‘tkazgan - OAV
10:04 / 31.01.2026