O‘zbekiston | 23:17 / 11.06.2020
21576
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahrida aholi orasida yana 11ta yangi holat aniqlandi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 24 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.

«2020 yil  11 iyun soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 4741 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 11 nafari karantin muassasalaridagi fuqarolar orasida, 11 nafari Toshkent shahri va 1 nafari Toshkent viloyatida aholi orasida hamda 1 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida qayd etildi», deyiladi xabarda.

Bugun jami 118ta yangi holat aniqlandi, 105 bemor sog‘aydi va tuzalganlar soni 3637 nafarga yetdi.

Shifoxonalarda 1085 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 10 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzuga oid