23:15 / 12.06.2020
30881

Toshkent viloyatida aholi orasida yangi holatlar aniqlandi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 32 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.

«2020 yil 12 iyun soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 4869 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 22 nafari karantin muassasalaridagi fuqarolar orasida, 5 nafari Toshkent viloyatida aholi orasida va yana 5 nafari esa Rossiyadan ushbu viloyatdagi «Zangiota» chegara posti orqali kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan», deyiladi xabarda.

Bugun jami 128ta yangi holat aniqlandi, 121 bemor sog‘aydi va shu vaqtgacha tuzalganlarning jami soni 3758 nafarga yetdi.

Hozirda shifoxonalarda 1092 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 13 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Bundan avvalroq Toshkent viloyatining Chirchiq shahri «qizil» hududga aylangani, Bekobod tumani ham «qizil» hududlar qatoriga kirishi kutilayotgani haqida xabar qilingandi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top