O‘zbekiston | 16:36 / 12.06.2020
35002
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda aholi orasida yangi holatlar aniqlandi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 18 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.

«2020 yil 12 iyun soat 16:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 4837 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 16 nafari poytaxtimizda (shundan 14 holatda aholi, 2 holatda esa karantinda tibbiy kuzatuvda bo‘lgan fuqaro orasida) qayd etilgan bo‘lsa, 2 nafari Litvadan Chinoz tumanidagi chegara post orqali kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida aniqlangan», deyiladi xabarda.

Bugun Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida jami 63 nafar bemorga javob berildi va shu vaqtgacha tuzalganlar soni 3700 nafarga yetdi. 

Hozirda shifoxonalarda 1118 nafar bemor davolanmoqda.

Mavzuga oid