Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
British Airways, Ryanair va easyJet aviakompaniyalari karantin sababli Britaniya hukumatini sudga bermoqchi
Aviakompaniyalarning fikricha, hukumat qaror chiqarayotganida soha vakillari bilan maslahatlashmagan.
8 iyun kuni Buyuk Britaniya hukumati mamlakatga kirib keladigan barcha shaxslar uchun ikki haftalik karantin joriy etdi. Ushbu tartibni buzganlar ming funt sterling jarima to‘laydi.
British Airways, Ryanair va easyJet aviakompaniyalari ushbu qarorning ilmiy isboti yo‘q deb hisoblamoqda. Bundan tashqari, ularning fikricha, hukumat qaror chiqarayotganida soha vakillari bilan maslahatlashmagan.
British Airways hukumatni sudga berish bilan tahdid qilgandi. Kompaniya karantin bo‘yicha yangi qoidalar uning iyulda reyslarining 40 foizini tiklash rejasiga xalaqit bergan.
Bundan tashqari, aviakompaniya kuniga 20 mln funt sterling yo‘qotmoqda va hech qanday daromad olmayapti.
11 iyun kuni Evening Standard nashri o‘z manbalariga tayanib, inqiroz sababli British Airways o‘z kolleksiyasidagi san'at asarlarini sotishni boshlaganini yozgandi.
Mavzuga oid
18:07 / 17.07.2026
Manchesterning sobiq meri Britaniya bosh vaziri bo‘ladi
19:09 / 14.07.2026
Elektromobillarda eng ko‘p uchraydigan nosozliklar ma’lum qilindi
18:58 / 09.07.2026
McLaren afsonaviy V8 superkarining yakuniy versiyasini taqdim qildi
21:11 / 03.07.2026