Skripallarni zaharlaşda işlatilgani aytilgan «Nukus zahri» çindan ham mavjudmi?
|13:30 / 15.06.202062 61614 min
The Sunday Times naşri Rossiya markaziy razvedka boşqarmasi (GRU) sobiq ofitseri Sergey Skripal va uning qizi Yuliyaning boşqa ismlar bilan ayni damda Yangi Zelandiyada yaşayotgani haqida xabar tarqatdi. Ota-qiz atrofidagi voqealar 2018 yildan buyon butun dunyo OAVlari nigohida bölib kelmoqda.
Ha, 2018 yilda dunyodagi eng şov-şuvli va mojaroli voqealarning biri Buyuk Britaniyaning Solsberi şahridagi ota-qiz Skripallarning zaharlanişi böldi.
Yuliya Skripal va Sergey Skripal
Rasmiy London Rossiya Boş razvedka boşqarmasi (GRU) sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi Yuliyaning zaharlanişida Moskvaning qöli borligini ta'kidlab, Kremlni kimyoviy qurol töğrisidagi konvensiyani buzganlikda aybladi va uning ortidan qator ğarb davlatlari Rossiyaga sanksiyalar joriy qildi, ya'ni 150 nafardan ortiq rossiyalik diplomatlarni çiqarib yubordi, Rossiya ham xuddi şunday javob çoralari qölladi, munosabatlar esa ança taranglaşdi.
Rossiya rahbariyati kimyoviy qurollarni işlab çiqariş 1990 yillarda töxtatilgani va 2017 yilda barça kimyoviy qurollar yöq qilinganini ta'kidlab, London qöygan barça ayblovlarni rad etib, dalillar yöqligini iddao qildi.
Skripallarning zaharlanişi böyiça birinçilardin bölib xabar tarqatgan Bi-bi-si uşbu zaharlovçi moddaning sobiq Ittifoqda işlab çiqilgan harbiy asab-falajlaş agenti – «Noviçok» ekanini ta'kidlab, uning Özbekistonda, ya'ni Nukus (Ustyurt)da sinovdan ötkazilganiga urğu berdi. Dunyoning yana bir neçta OAVlari ham şu faktga e'tibor qaratdi, ba'zilari uni «Nukus zahri» yoki «özbek zahri» deya atadi.
Bu modda qayoqdan paydo böldi?
Bi-bi-siga köra, «Noviçok» SSSRda Organik kimyo va texnologiya davlat ittifoq ilmiy-tadqiqot institutida yaratilgan. Uşbu zaharli moddalarni işlab çiqiş dasturi «Foliant» deb nomlangan.
Solsberidagi voqea böyiça suriştiruv olib borgan The Times naşri moddaning Saratov yaqinidagi Şixani şahrida joylaşgan harbiy ilmiy-tadqiqot bazasida işlab çiqarilganini ma'lum qilgandi.
«Noviçok» töğrisida ilk ma'lumot 1992 yilda «Moskovskiy novosti» gazetasida «Zaharlangan siyosat» deb nomlangan maqolada e'lon qilingan. Maqola mualliflari – Organik kimyo va texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti sobiq xodimi Vil Mirzayanov va Rossiya Fanlar akademiyasining Geokimyo va analitik kimyo instituti yetakçi ilmiy xodimi Lev Fedorov edi.
Şu maqoladan söng Mirzayanov davlat sirini foş qilganlikda ayblangan, lekin keyinçalik olimlarning harakatida jinoyat alomatlari topilmagaç, iş tugatilgan.
Mualliflarning uşbu maqolasida («Moskovskiy novosti» gazetasi, 1992 yil 20 sentabr, 38-son) xavfli qurolning Özbekistonda, ya'ni Nukusga yaqin joyda Ustyurtda sinovdan ötkazilgani, sinov poligoni 1992 yilda faoliyatini töxtatgani aytiladi.
Mavzuga oid
Rossiya tomoni Skripallarni zaharlagan moddaning aynan AQŞda işlab çiqarilganini e'lon qilgan. Keyinçalik uşbu modda Çexiyada ham işlab çiqilgani ma'lum böldi.
Moddaning xavflilik darajasi qanday?
Vil Mirzayanov va Lev Fedorovning «Moskovskiy novosti» gazetasidagi maqolasida ta'kidlanişiça, Organik kimyo va texnologiya davlat ittifoq ITIda yaratilgan yangi zaharlovçi moddadan zaharlangan odam qaytib tuzalmaydi va bir umr nogiron bölib qoladi.
Uşbu zaharlovçi modda asosida kimyoviy qurol ham yaratilgan, qurolni yaratuvçilar esa yuqori darajada mukofotlangan.
«Zaharlanişning oqibatlari önlab yillar davom etadi. Agar modda tanaga ozgina miqdorda kirsa ham, uning oqibatlari uzoq davom etadi», deydi Mirzayanov Bi-bi-si`ga bergan intervyusida.
OAV ma'lumotlariga köra, «Noviçok» bilan «Kruglyy stol biznesa Rossii» jamoat birlaşmasi asosçisi, yirik bankir Ivan Kivelidi ham raqiblari tomonidan zaharlanib öldirilgan.
Buyuk Britaniyaning Eymsberi şahrida 2018 yil 8 iyulda vafot etgan Don Sterjyessning ölimiga ham «Noviçok» sababçi bölgani aytiladi.
Solsberida GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi Yuliyani zaharlaşda qöllangan hamda atir idişida bölgan asab-falajlovçi modda miqdori 4 ming kişini öldiriş uçun yetarli bölgani dunyo OAVlarida keng yoritildi.
Xavfsizlik sohasidagi manbalar moddaning yuz foiz «Noviçok» bölganini tasdiqladi. Uning tarkibi XX asr örtalarida amiton asosida yaratilgan zaharlovçi moddalarga qaraganda 5-8 marta zaharliroqdir.
«Noviçok» (Nukus zahri yoki özbek zahri) nega şunday nomlangan va u Ustyurtda sinovdan ötkazilganmi?
«Noviçok» deb nomlanuvçi zaharlovçi moddaning nima uçun şunday atalgani töğrisida aniq ma'lumot yöq va uning Ustyurtda sinovdan ötkazilgani töğrisida ham aniq dalil mavjud emas.
Bu nom ğarb OAVlaridan kirib kelgani aytiladi. Rossiya Taşqi işlar vazirligi spikeri Mariya Zaxarova «Rossiya 24» telekanaliga bergan intervyusida şunday fikrni ilgari surgan.
«Sobiq Ittifoq va Rossiya hududida va davrida ham «Noviçok» deb töğri yoki kod bilan nomlanuvçi tadqiqotlar ötkazilmagan. U patentlanmagan, ramz, şifr yoki kod sifatida işlatilmagan. Heç qaçon SSSRda ham, Rossiyada ham «Noviçok» sözi kimyoviy elementlarning rivojlanişi nuqtayi nazaridan işlatilmagan. Bu söz Ğarbda kimyoviy elementlar va toksik ta'sir körsatadigan materiallarga nisbatan nom sifatida işlatilgan va qöllanilgan» degan u.
Zaxarovaning fikriça, ötgan asrning 90-yillarida Rossiyadan köplab olimlar xorijga çiqib ketgan; nafaqat çiqib ketgan, balki özlari bilan şuğullangan texnologiyalarini ham olib ketgan hamda ğarbdagi olimlar bilan yangi işlanmalarini amalga oşirgan. Şunday işlanmalarining birini «Noviçok» deb atagan.
Modda Özbekistonda, ya'ni Qoraqaloğistondagi Ustyurt sahrosida sinovdan ötkazilgan deb e'lon qilingandan keyin xorijiy OAVlarda «Nukus zahri» yoki «özbek zahri» deb qöllanilgan.
1984-1988 yillarda Nukusdagi harbiy qismlar majmuasining kimyoviy qurollardan himoyalaniş vositalarini yaratiş markazi (26382-sonli harbiy qism)da xizmat qilgan zaxiradagi polkovnik Viktor Abramov ham tört yarim yil kimyoviy qurollar sinovini ötkazişda iştirok etganini ta'kidlab, biron marta bölsa ham «Noviçok» sözini eşitmaganini ma'lum qiladi.
Biz u bilan elektron poçta orqali gaplaşdik.
«Bizda bunday nom yöq edi. Kimyoviy qurollardagi barça sinov retseptlari kodlangan, masalan «P-nn» deb qöllanardi, bu yerda «nn» – retsept raqamini anglatadi» – deydi u.
Ba'zi xorijiy OAVlar modda göyoki Qoraqalpoğistondan olib kelinganiga şama qilgan.
Qoraqalpoq davlat universiteti professori, biologiya fanlari doktori Gaffar Asenov esa Buyuk Britaniyadagi asab bilan zaharlaniş mojarosiga javoban, moddaning Qoraqalpoğistondan bölişi mumkin emasligini aytdi.
90 yoşdan oşgan Asenov butun umri davomida Orolböyi hududini tadqiq qilib kelgan.
– 1992 yilda, taxminan yarim yil davomida boşqa mutaxassislar qatori men ham Oroldagi poligonni zararsizlantirişda bevosita iştirok etdim. Aytişim kerak, biz heç qanday konteyner yoki ularning izlarini topmadik. Bugungi kunga qadar biz nafaqat laboratoriyalar joylaşgan joylardan, balki boşqalardan ham sinovlarni ötkazmoqdamiz, bunda brutsellyoz, vabo va kuydirgi ştammlari mavjudligiga alohida e'tibor berilmoqda. Biz ularni topa olmadik, – deya olimning sözlarini keltiradi centre1.com sayti.
Gaffar Asenov uşbu ma'lumotlarni bizga ham tasdiqladi.
– Ustyurtdagi poligonda «Noviçok» sinovdan ötkazilganini men eşitmaganman va u yer hozir xavfdan xoli, – dedi u.
Ustyurtdagi kimyoviy qurollar sinovi qanday keçgan?
Vil Mirzayanov «Noviçok»ni Nukusning qoşidagi Ustyurtda sinovdan ötkazilgan, deydi. Aslida Ustyurtdagi poligon Nukusga kamida 400 km olisda.
U joyga şaxsan özim ikki marta borib kördim. Eski texnikalar, maşina, hattoki samolyot qoldiqlari ham turgan edi.
U joyni Ustyurt aholisi «taqiqlangan zona» yoki «40x40» (qirqqa qirq) deb nomlaşadi. Şuning özidan ma'lumki, poligon zonasi 40x40 km.ni qamrab olgan. Har bir kilometrda 5-6 metr keladigan toş ustunlar turibdi. Jasliq qişloğidan poligon zonasigaça beton yöl yotqizilgan. Odamlar uning armaturasini oliş uçun sindirişgan. Bir vaqtlari taşlab ketilgan kömirlarni hamon odamlar taşiyotgan şekilli, har joyda xaltalarga solingan kömirlarni kördik. Şaxsan özim pulemyotning stvolini, patron qoldiqlarini va şoxlari kesilgan sayğoq kallalarini kördim.
Hozir bu joy «Saygaçiy» majmua landşafti qöriqxonasi hududi sanaladi. Hududga kiriş 2015 yildan taqiqlangan.
Ötgan asrning 80-yillarda bu joyda, ya'ni Ustyurtning janubi-şarqiy qismida (Jasliq qişloği yaqinida) kimyoviy qurollar va ularga qarşi himoya vositalarini sinaş uçun möljallangan «Sakkizinçi kimyoviy mudofaa stansiyasi» harbiy öquv poligoni taşkil qilingan. Bu yerda avval biologik qurollar sinalgan. Keyin biologik qurollar sinovi Orol dengizi örtasidagi Vozrojdeniye oroliga köçgan va örni kimyoviy qurollar sinaladigan poligonga aylantirilgan.
Poligondagi işlar Nukusdagi harbiy qismlar majmuasi – «23 Gosudarstvennyy nauçno-issledovatelskiy poligon (23 GNIP)» tomonidan boşqarilgan. GNIP – «8 Tsentr po obuçeniyu voysk zaşçite ot zajigatelnogo orujiya veroyatnogo protivnika» (8 TsOVZZOVP) deb ham nomlangan.
SSSR tarqab, Özbekiston öz mustaqilligini qölga kiritgandan keyin poligon faoliyati tugatildi. Harbiylar Rossiyaga olib ketildi. Nukusdagi harbiy qismlar majmuasi örnida Özbekiston harbiy kuçlari faoliyat boşladi.
GNIP ikkita harbiy qismlardan – kimyoviy sinov polki (44105-sonli harbiy qism) va kimyoviy qurollardan himoyalaniş vositalarini yaratiş markazi (26382-sonli harbiy qism)dan taşkil topgan edi.
Ustyurtdagi poligonda, 26382-sonli harbiy qismda xizmat körsatgan Viktor Abramov chitalnaya.ru saytida öz memuarlarini joylaştirgan. «Nukus. Saygaki» povestida aynan Ustyurtdagi kimyoviy qurollarni sinovdan ötkazadigan harbiy poligonda tört yarim yillik harbiy xizmati mobaynida 3 marotaba bölganini va körgan-bilganlarini yozgan.
Unga köra, sinov maydoni «B» deb nomlangan. «A» maydoni esa Nukusdagi harbiy qism. «V» esa Orol dengizining ğarbiy qismi Ustyurt çinki etagidagi harbiylarning yaşaydigan bazasi.
«Ötloq maydonning şamol tomonida maxsus uskunalarga örnatilgan snaryadlar portlatilardi. Portlaş paytida undan zaharlovçi modda soçilar edi va osmonda zaharlangan bulut hosil bölib, şamol böylab tarqalar edi. Ba'zida snaryadlar uskunalardan portlatilmagan, balki miltiqlardan, gaubitsalardan va minometlardan otişma bölgan.
Buning uçun Jasliqqa temir yöl orqali eşelonda qayerdandir artilleriya vzvodi kelib, pozitsiyalarga joylaşib, poligon maydoni tomondagi nişonlarga otar edi.
Kimyoviy qurol samolyot orqali soçilardi. Samolyotdan soçilganda osmonda kamalakli ajoyib bulut hosil bölar edi, lekin bu körinişi ajoyib bölgani bilan öta xavfli zahar edi.
Bir yili qiş ertaroq keldi. Biz odatda kun sovuq bölgandan darhol amaliyotni töxtatar edik. Sababi, şimoldan minglab sayğoqlar tödasi kelar edi. Sayğoqlar kelişidan bir neça kun avval sinovni töxtatmasak, ular zahardan qirilib ketişi mumkin va şunday ham böldi. Sovuq erta tuşib, sayğoqlar biz kutgandan ertaroq kelib qoldi. Hali poligon maydonida zahar ketmagan edi va oqibatida yuzlab sayğoqlar nobud böldi. Sayğoqlarni zonadan taşqarida öra qazib kömib taşladik», deya eslaydi V.Abramov.
Uning ta'kidlaşiça, zahar nari borsa 10 kungaça xavfli böladi, keyin zararsizlanadi. Kömilgan sayğoqlar böyiça ham şuni aytiş mumkin. Amaliyot paytida hududning barça tomoni jiddiy nazorat ostiga olingan, sababi biron odam yoki jonzot yaqinlaşgudek bölsa, şu joyda ölib ketişi aniq.
V.Abramov «V» maydoni töğrisida ham töxtaladi. «V» maydoni – lager bazasi hisoblanadi. Dengizning yoqasi. Barça kerakli oziq-ovqat va qurollar şu yerga yetkazildi. Harbiylar şu yerdan poligon maydoniga qatnardi. «V» maydonida buloq bor edi, suvi tuzliroq. Lekin içsa böladi. Mabodo suv tugab qolgudek bölsa, şu buloqning suvidan içardik. Buloqdan kuniga 10-11 metr kub suv olinar edi. Sayğoqlar ham şu buloqdan suv içardi», – deb yozadi Viktor Abramov.
Aytilayotgan manzilga biz ham borib kördik. Platodan pastga tuşadigan beton yöl bor. Hanuzgaça harbiy qismga oid binolar saqlanib qolgan. Negadir platoning çinki portlatilgan.
Ayni paytda mazkur hudud «Saygaçiy» majmua landşafti qöriqxonasiga tegişli. Hududga kiriş taqiqlangan. Lekin xorijdan kelgan sayyohlar borib turişadi.
Bizningça, şunday joylarni sayyohlik maqsadida ham tarğib qilgan ma'qul. Çunki bu joylarda sovuq uruş davridagi eng qörqinçli qurollar sinovdan ötkazilgan. Ustyurtning eng çiroyli kanonlari ham şu tomonlarda. Yana miloddan avvalgi V-IV asrlardan tortib, ötgan asrning 90 yillarigaça bölgan juda qiziqarli tarixiy obektlarni uçratiş mumkin.